Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Normativ-huquqiy hujjatlar muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyati Sariosiyo tumanida Obizarang sel suv omborini qurish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori loyihasi joylashtirildi.

Foto: Sputnik

Foto: Sputnik

Qaror loyihasiga ko‘ra, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida yer va suv resurslaridan oqilona foydalanish, sug‘oriladigan yer maydonlarining suv ta’minotini yaxshilash, sel-toshqin suvlarining salbiy ta’sirini yumshatish maqsadida Obizarang sel suv ombori quriladi.

Bosh loyiha tashkiloti — “O‘zsuvloyiha” AJ tomonidan 13,15 million kub metr hajmdagi mazkur sel suv omborini qurish loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari ishlab chiqilgan.

Loyihani amalga oshirish muddati 2023-yil 30-aprel etib belgilanishi ko‘zda tutilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Kreml Putin tug‘ilgan kunini qanday nishonlamoqchiligini ma’lum qildi
Sport
Superligada sentabr oyining eng yaxshi murabbiyi aniqlandi
Mahalliy
Farg‘onada 64 yoshli qaynota kelinini o‘ldirib, marhumaning boshini uzib oldi