Toshkentning Yunusobod tumanida 37 yoshli Ibrohimjon J. 30 yoshli Fozil B.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga jo‘natishini va’da qilgan.
O‘zining “xizmatlari” uchun 15 million 310 ming so‘m olib, va’dasida turmasdan, pullarni o‘z ehtiyojiga sarflab yuborgan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.
Mavzuga doir:
Izoh (0)