O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Tergov departamentida Kamerun Respublikasi fuqarolari tomonidan sodir etilgan firibgarlik jinoyati yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deb xabar beradi IIV huzuridagi Tergov departamenti.
“Hurmatli fuqarolar!
Agar siz fotosuratlarda keltirib o‘tilgan shaxslarning jinoiy xatti-harakatlaridan jabr ko‘rgan bo‘lsangiz, o‘zingizga yaqin bo‘lgan ichki ishlar bo‘limlariga yoki 102 telefon raqamiga, shuningdek, Tergov departamentining (71) 231-30-97, (71) 231-36-22 va (71) 233-65-34 telefon raqamlariga murojaat qilishingizni so‘raymiz”, — deyiladi IIV xabarida.
Izoh (0)