Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Kelgusi yilda oltin narxi 30 foizga, ya’ni bir unsiya uchun ikki ming dollargacha qimmatlashishi mumkin. Bu haqda CNBC telekanaliga Independent Strategy tahliliy kompaniyasi prezidenti Devid Rosh ma’lum qilgan, deb yozadi “Kommersant”.

Mening fikrimcha, fidutsiar (ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan materiallarning narxidan qat’iy nazar nominal qiymati davlat tomonidan belgilanadigan va kafolatlangan, oltin bilan ta’minlanmagan pul) pulga nisbatan hozirgi salbiy holatning fonida odamlar muqobil valyutani qidirishni boshlaydi, — deydi tahlilchi. — Oltin yaxshi muqobil valyutadir, chunki u xavfsiz hamda unga ega bo‘lish salbiy depozit stavkalari bilan solishtirganda hech qanday qiymatga ega emas”.

Shu munosabat bilan, Rosh joriy yilning oxirigacha oltin narxi bir unsiya uchun 1,5 ming dollardan 1,6 ming dollarga ko‘tariladi, keying yil esa ikki ming dollargacha qimmatlashadi, deb hisoblaydi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Qirg‘iziston ta’lim vaziri xorijlik talabalardan pora olayotgan vaqtda ushlandi
Dunyo
Qozog‘iston Rossiyaga harbiy texnika yuborayotgani haqidagi xabarlar yuzasidan mamlakat Mudofaa vazirligi izoh berdi
Mahalliy
O‘zbekistonda 30-sentabrda qanday ob-havo kutilmoqda?