1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 12, 26 va 32-umumta’lim maktablarining o‘qituvchilariga tuman hokimligi va homiylar hisobidan 3 ta 2 xonali uy sovg‘a qilindi. Bu haqda Zangiota tumani hokimligi axborotiga tayanib O‘zA xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, 12-maktabning rus tili va adabiyoti o‘qituvchisi Gulnora Yunusaliyeva, 26-makatabning ingliz tili fani o‘qituvchisi Dilnoza Shomirzayeva hamda 32-maktabning boshlang‘ich ta’lim o‘qituvchisi Shahnoza Badalxo‘jayevaga bayram munosabati bilan ikki xonali uylar kalitlari topshirilgan.
Izoh (0)