Futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 6-turi doirasida 29-sentabr, yakshanba kuni Karlo Anchelotti qo‘l ostidagi “Napoli” klubi o‘z maydonida “Breshiya”ni qabul qildi.
Uchrashuv davomida “Napoli” a’zolari Dris Mertens (13) hamda Kostas Manolas (45) tomonidan urilgan gollarga mehmonlar Mario Balotelli (67)ning goli bilan javob qaytardi.
Shu tariqa “Napoli” o‘z uyida kechgan bahsda “Breshiya”ni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochko qo‘lga kiritdi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Napoli” ochkolari sonini 12 taga yetkazib, musobaqa jadvalida 4-o‘ringa ko‘tarilib oldi. “Breshiya” esa 6 ochko bilan 14-o‘rinda bormoqda.
A Seriya
6-tur bahsi
29-sentabr, yakshanba
“Napoli”—“Breshiya” 2:1
Gollar: 1:0 — 13 Mertens, 2:0 — 45 Manolas, 2:1 — 67 Balotelli“Napoli”: Ospina, Di Lorenso, Maksimovich (Xyusay, 76), Manolas (Luperto, 65), Gulyam, Allan, Zelinski, Fabian Ruis, Kalyexon, Lyorente (Elmaz, 73), Mertens
“Breshiya”: Yoronen, Sabelli, Chanselyor, Martella (Mateyu, 68), Chistana, Shpalek (Matri, 85), Dessena (Romulo, 72), Bizoli, Tonali, Balotelli, Donnarumma
Ogohlantirishlar: Manolas (19), Sabelli (33), Xyusay (78)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)