“Monako” Fransiya chempionatining 8-turida “Brest”ni mag‘lubiyatga uchratdi (4:1).
Bu o‘yinda monakoliklar hujumchisi Islom Slimani to‘p kiritish bilan birgalikda jamoasining qolgan uchta goliga hammuallif bo‘ldi. Shu tariqa Islom Fransiya chempionatidagi dastlabki beshta o‘yinida jamoasining 8 ta golida qatnashdi. 31 yoshli jazoirlik futbolchi to‘rt gol va to‘rtta samarali uzatma amalga oshirdi.
Opta’ning xabar qilishicha, mazkur statistika hisoblanishi boshlangan 2006/07-yilgi mavsumdan buyon faqat Neymar va Zlatan Ibrahimovich shunday samaradorlik qayd etgan.
Eslatib o‘tamiz, Slimani yozda “Fenerbaxche”dan “Monako” safiga o‘tgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)