• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Yashil pasport bilan Green Card o‘ynash mumkin, ammo natija chiqqunicha bu pasport yaroqsiz bo‘lib qoladi”. AQSh konsulligi Green Card bo‘yicha savollarga javob berdi

    AQShning Toshkentdagi elchixonasi konsullik bo‘limi vakillari yuzga yaqin tinglovchilar bilan Green Card masalasida uchrashdi. Uchrashuv O‘zbekiston milliy kutubxonasi binosida bo‘lib o‘tdi. Green Card to‘ldirish mavsumi ochilishi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda “Daryo” muxbiri ishtirok etdi.

    Uchrashuvning birinchi qismida mavzu yuzasidan prezentatsiya qilindi; shundan so‘ng konsullik bolimi xodimlari yig’ilganlarning savollarga javob berdi.

    Foto: Google Photos

    Foto: Google Photos

    “Umumiy hisobda 55 ming kishini saralab olish belgilandi. Bu ko‘rsatkich davlatlar kesimida belgilanmagan”, – dedi vakillardan biri, joriy yilda Green Card’ga qancha odam ega chiqishi borasidagi savolga javob berarkan.

    Shuningdek, uchrashuvda nomzodga qo‘yiladigan talablar ham sanab o‘tildi. Unga ko‘ra, nomzod 21 yoshga to‘lgan hamda o‘rta ma’lumotga ega bo‘lishi lozim.

    Ishtirokchilarga boshqa talab qo‘yilmaydi.

    Anketa qanday to‘ldiriladi?

    Anketa to’ldirish faqat bir manzil – Green Card’ning rasmiy sahifasi bo‘lmish “DVLottery.state.gov” orqali amalga oshiriladi. Bugungi kunga o‘yinning rasmiy sahifasi bo‘lishga “da’vogar” o‘nlab soxta saytlar bor va ular ko‘plab foydalanuvchilariga ham ega. Bu, albatta, ishtirokchilarni chalg‘itadi.

    “Ular sizdan anketa to‘ldirish davomida pul talab qilishi mumkin. Unutmaslik kerakki, o‘yinning dastlabki bosqichi, ya’ni ariza topshirish mutlaqo bepul. Saytga kirib, shaxsiy va oilaviy ma’lumotlar, rasm kiritish kifoya va siz ro‘yxatdan o‘tasiz. Yangi nizomga ko‘ra, pasport ma’lumotlaringizni ham kiritishingiz kerak”, – dedi rasmiylardan biri bu masalada.

    Qanday qat’iy talablar bor?

    Avvalo ism-familiya kiritish jarayonida kamchilikka yo‘l qo‘yilmasligi lozim. Inglizcha muqobili bilan taqqoslaganda farq yuzaga keluvchi ism-familiyali talabgorlardan ayniqsa e’tiborli bo‘lish so‘raladi. Odatiy yashil pasport yordamida ro‘yxatdan o‘tmoqchi bo‘lganlar pasportning ma’lumotlar ingliz tilida berilgan qismidan foydalanishi lozim. Shundagina ism-familiya masalasida muammo bo‘lmaydi. Ammo ba’zi sabablarga ko‘ra joriy yilda yashil pasport bilan ro‘yxatdan o‘tish tavsiya etilmaydi.

    Registratsiya qizil pasport orqali amalga oshirilgudek bo‘lsa, u holda muammo kuzatilmaydi.

    Ikkinchi qat’iy talab suratga qo‘yiladi. Konsullik suratlarning haqiqiyligiga katta e’tibor qaratadi. Olti oydan ko‘p bo‘lmagan muddatda tushilgan va hech qanday tahrir amalga oshirilmagan surat taqdim etilishi kerak. Suratga oq fonda tushish tavsiya etiladi. Photoshop dasturlarida hattoki oq fonni tuzatish ham mumkin emas. Rasm 100 foiz haqiqiy bo‘lishi kerak. Haqiqiy bo‘lmagan surat egasining murojaati so‘zsiz rad etiladi.

    Qo‘shimcha ma’lumot sifatida aytish kerakki, bir kishi bir mavsumda faqat bir marta ro‘yxatdan o‘tishi mumkin.

    Qizil pasport bilan ro‘yxatdan o‘tganlarning imkoniyati ko‘payadimi?

    Joriy yildan boshlab elchixona ro‘yxatdan o‘tishda faqat qizil pasportlardan foydalanishni tavsiya etmoqda.

    Albatta, texnik jihatdan yashil pasport bilan ham ro‘yxatdan o‘tish imkoniyati bor, agarda unda muddati tugamagan OVIR stikeri bo‘lsa. Qizil pasport orqali ro‘yxatdan o‘tish tavsiya qilinishi keyingi bosqichlar bilan bog‘liq. Birinchidan, OVIR stikerlari berilishi to‘xtatildi, ikkinchidan esa, joriy yilgi lotereya natijalari chiqadigan 2021-yilga qadar yashil pasport muomaladan chiqarilishi mumkin. Bu esa muammo keltirib chiqaradi.

    Ro‘yxatdan o‘tishda ishlatiladigan pasport to‘laqonli chet elga chiqish hujjati bo‘lishi kerak.

    Ma’lumot o‘rnida, agar ro‘yxatdan o‘tilganidan so‘ng pasport ma’lumotlari o‘zgartirilsa, konsullikka yangilangan shaxsiy ma’lumotlarni taqdim etish va ma’lumot o‘zgarganining sababini izohlab va asoslab berish kerak bo‘ladi. Shu sababdan pasport ma’lumotlarni o‘zgartirish tavsiya etilmaydi.

    Talabgor OTM talabasi bo‘lsa…

    Hujjat topshirish davrida talabgor OTM talabasi bo‘lsa, anketa to‘ldirishda o‘zini o‘rta ma’lumotli sifatida qayd etadi. Agar u ikkinchi bosqichga o‘tsa va bu davrga kelib OTMni tamomlagan bo‘lsa, bu ma’lumotni suhbat jarayonida taqdim etishi mumkin. O‘rta ma’lumotga ega bo‘lmagan va ikki yillik ish stajiga ega talabgorlar uchun saytda ma’lumot berilgan.

    O‘yin natijalarini aniqlash qanday tartibda amalga oshiriladi?

    Ro‘yxatdan o‘tish yakunlanganda ishtirokchiga tasdiq kodi taqdim etiladi. Agar u qandaydir xizmat ko‘rsatish shoxobchasida yoki kimningdir ko‘magi bilan ariza topshirgan bo‘lsa, tasdiq kodi faqat o‘ziga ma’lum ekanligiga ishonch hosil qilish lozim. Aks holda muammolar bo‘lishi mumkin.

    O‘yinda yutishda ko‘mak taklif qilgan hech kimga ishonmang. O‘yin natijalari e’lon qilingach siz o‘zingizga tegishli tasdiq kodini saytga kiritasiz va natijani bilib olasiz. Natija hech qanday jadval ko‘rinishida yoki boshqa saytda e’lon qilinmaydi. Har kim o‘z natijasini faqat o‘zi tekshirish imkoniyatiga ega.

    Qaysi jarayon pulli?

    Registratsiya jarayoni, yuqorida ta’kidlanganidek, tekin. Birinchi bosqichdan o‘tsangiz, viza xarajatlari va tibbiy xulosalar uchun sizdan mablag‘ ajratish talab etiladi.

    Yana bir eslatma: elektron pochtangizga firibgarlar tomonidan “Siz Green Card yutdingiz” mazmunidagi xabarlar kelishi mumkin. Konsullik pochta orqali hech qachon xabar yubormaydi. Natijalar faqat rasmiy saytda e’lon qilinadi.

    27.09.2019, 17:15   Izoh (0)   30449
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    DXX raisining sobiq o‘rinbosari 16 yilga, sobiq maslahatchisi 17 yilga qamaldi

    27.09.2019, 16:47

    Oliy sud raisi sobiq o‘rinbosari Bahodir Dehqonov 5 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    27.09.2019, 16:39

    DXX sobiq raisi Ixtiyor Abdullayev 18 yilga ozodlikdan mahrum etildi

    27.09.2019, 16:08

    O‘zbekistonda 2020-yil 1-yanvardan imtiyozli kreditlar berilishi bekor qilinishi mumkin

    27.09.2019, 15:46

    2020-yilda O‘zbekiston tashabbusi bilan yoshlarning radikallashishiga qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro anjumanlar o‘tkaziladi

    27.09.2019, 15:15

    Bekobodda bog‘cha bolalari ovqatdan zaharlandi

    27.09.2019, 14:57
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Munosib qarshilik, asabiy kechgan o‘yin va bahs taqdirini hal qilgan penalti: “Navbahor” va “Xorazm” o‘yinidan fotogalereya

    Sport | 12 may, 12:32

    O‘zbekistonda 10 mingdan ortiq obunachiga ega blogerlar reklama orqali daromad topganda soliq to‘laydi

    O‘zbekiston | 12 may, 12:29

    BAAda ajrashish uchun rekord miqdorda tovon puli belgilandi

    Dunyo | 12 may, 12:10

    Mbappe “Real”ning 30 yillik natijasini takrorladi

    Sport | 12 may, 11:47

    O‘zbekistonda nogironligi borlarni ishga qabul qilganlarga 1-iyundan subsidiya ajratiladi

    O‘zbekiston | 12 may, 11:43

    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!

    Reklama | 12 may, 10:30

    Kongo DRdagi suv toshqinlarida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi

    Dunyo | 12 may, 11:38

    “Sumerki” yulduzi Teylor Lotner hozir qanday ko‘rinishda va nimalar bilan band?

    Kino | 12 may, 11:24
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.