Turkiya O‘zbekistondagi oltin konlarini ishlab chiqish haqidagi kelishuv doirasida avgust oyida havodan geofizik razvedkani olib bordi. Bu haqda mamlakat energetika va tabiiy resurslar vaziri Fotih Donmez ma’lum qildi, deya xabar beradi Spot.
“O‘zimizga ajratilgan 576 kvadrat kilometr maydonga ega uchastkada havodan geofizik razvedkani olib bordik. Jamoamiz ularni qisqa muddatda ko‘rib chiqadi va burg‘ulash ishlariga kirishadi”, — dedi Donmez.
Donmez O‘zbekiston oltin konlari bo‘yicha dunyoda to‘rtinchi o‘rinni egallashi, Turkiya esa bu sohada katta tajribaga ega ekanligini eslatib o‘tdi.
“Biz O‘zbekistonning tabiiy boyliklari uning taraqqiyotiga xizmat qilishi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solamiz, — dedi Turkiya vaziri.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Turkiya foydali qazilmalar razvedkasi bilan shug‘ullangan Sudandan keyingi dunyodagi ikkinchi davlat bo‘ldi.
Izoh (0)