Tanzaniyadagi ta’til vaqtida AQSh fuqarosi suv ostidan turib o‘z sevgilisiga turmush qurishni taklif qilgan va cho‘kib ketgan. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: Facebook

Stiven Veber va uning sevgan qizi Kenesha Antuan xonalar derazasidan suv osti ko‘rinib turadigan yog‘ochdan qurilgan uyda yashagan. Yigit sevgilisiga o‘zgacha dil izhori qilmoqchi bo‘lgan va tashqi tomondan suvga sho‘ng‘igan holda deraza oldiga suzib borib, sevgi izhori yozilgan qog‘ozni va unashtiruv uzugini ko‘rsatgan.

Foto: Video

Kenesha bo‘lgan voqeani tasvirga tushirgan va keyinchalik Facebook’da ham e’lon qilgan. Video ostiga esa Stivenning dil izhoridan keyin qizning javobini eshitish uchun tashqariga qaytib chiqmaganini yozgan.

Yes! Yes! Yes!

Geplaatst door Kenesha Antoine op Vrijdag 20 september 2019

“Hayotdagi eng yaxshi kun taqdirning qo‘rqinchli zarbasi sabab tasavvurga ham sig‘maydigan eng dahshatli tushga aylandi“, — deb yozgan Kenesha Facebook’dagi sahifasida.