Rossiya prezidenti Vladimir Putin Dog‘istonda UFC’ning yengil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan uchrashadi, deya yozmoqda “RBK”.
30 yoshli sportchi 7-sentabr kuni amerikalik Dastin Poryeni mag‘lub etib, chempionlik unvonini himoya qildi.
Putin esa sportchi bilan shaxsan ko‘rishib, uni tabriklashini ma’lum qilgan. U bu haqda 1999-yilgi Dog‘istondagi jangarilarga qarshi kurashda qatnashgan ko‘ngilli jangchilar bilan uchrashuvda aytib o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, 2018-yil oktabrida Habib Konor Makgregorni mag‘lub etgan, jangdan so‘ng esa mushtlashuv vujudga kelgandi.
Oradan biroz vaqt o‘tib esa Putin Habib bilan uchrashib, uning otasidan o‘g‘lini qattiq jazolamaslikni so‘ragandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)