Avvalgi sonimizdagi uzungina “O‘qing, faqat yig‘lamang” blogpostini yozishda to‘plagan zaryadimiz sarflanib ketibdi. Buning ustiga, o‘tib borgan haftada biror arbob qovun tushirmagani bozorimizga jiddiy zarba berdi. Ha, muammolar qolmasin, Sarvar usta kabi mudom norozilarga ish qolmasin. Hozircha topganimizni ilindik.
75 yil muqaddam:
- O‘rtoq general! Biz dushman pozitsiyasi yaqiniga oddiy askarimizni maxfiy yo‘l orqali joylashtirishga muvaffaq bo‘ldik. U rotaning “ko‘zi” bo‘lib xizmat qilishi natijasida dushman pozitsiyasiga aniq va qaqshatqich zarba bera oldik. Dushman qo‘shimcha kuchlari o‘tadigan ko‘prikni portlatdik. Minalar yordamida dushmanning sakkizta tankini yondirdik, yigirma beshta asir oldik. Piyoda askarlarini pulemyotchi va o‘qchilarimiz yo‘q qilishdi. Dushman qo‘shinlari tarkibi batamom yakson etildi. Yaqin masofada nayzabozlik janglarida falon-falon oddiy askarlarimiz qurbon bo‘ldi, falon-piston askarlarimizni esa medalga tavsiya qilaman.
Bugun:
- O‘rtoq general! Biz falon raqamli ta’lim dargohiga yashirin tarzda o‘z “quloq”larimizni joylashtirishga muvaffaq bo‘ldik. Uning bizga o‘z vaqtida yetkazgan xabarlari natijasida sakkiz qizning ro‘molini yechish va yigirma besh yigitning soqolini qirib tashlashning uddasidan chiqdik. Binoga kiriladigan old eshikni yoptirib, qatnovni orqa eshikdan tashkil ettirdik. Ko‘prik ustidagi pistaqurutchini bundan buyon bizga xabarkash bo‘lib xizmat qilishga ko‘ndirdik. Qarshilik ko‘rsatgan ota-ona va aka-ukalari bilan yakkama-yakka maxsus xonalarda suhbat tashkil etdik. Natijada norozilar batamom qolmadi. Qizlarning ro‘moli yechilishi jarayonida besh nafar xodimimiz bo‘yin tovlagani uchun hayfsan berishga, soqol qirishda ko‘rsatgan jonbozligi uchun to‘qqiz nafar xodimimizni medalga tavsiya qilaman.
Sarvar usta
Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.
Avvalgi hafta ijtimoiy muammolari:
Davlatning juniga shaxsiy juningni aralashtirma
O‘zingnikidan uzr, begonaga qonun
Qani, blogerlar, yoppasiga ko‘cha tozalashga!
Xarobadan qo‘rqinchli mujdalar
Afandi qo‘yiga ko‘zoynak taqqani haqida
Boyga - doktor, kambag‘alga - duo
Servantdagi “ognetushitel” va chakkaga taqilgan tish cho‘tkasi
Izoh (0)