Surxonadaryo viloyati Oltinsoy tumanidagi o‘rta ta’lim maktabining 10-sinfida o‘quvchi qiz M.M. maktabning sobiq o‘qituvchisi B.M. u bilan majburiy ravishda jinsiy aloqada bo‘lib kelgan aniqlangan. Bu haqda “Daryo”ga IIVdagi manbalari ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Oltinsoy tumani “Katta Vaxshivor” MFYda yashovchi M.R. huquqni muhofaza qiluvchi organlariga ariza bilan murojaat qilib, 39-umumiy o‘rta ta’lim maktabining 10-sinfida o‘quvchi voyaga yetmagan qizi M.M. (2002 y.t.) bilan maktabning sobiq o‘qituvchisi B.M. majburiy ravishda jinsiy aloqada bo‘lib kelganligini bildirgan. M.R. arizasida B.M.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.
Mazkur holat yuzasidan o‘tkazilgan surishtiruv harakatlariga ko‘ra, Jinoyat kodeksining 128-moddasi (o‘n olti yoshga to‘lmagan shaxs bilan jinsiy aloqa qilish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zgatilgan. Hozirda Oltinsoy tumani IIB Tergov guruhi tomonidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq, Sirdaryoda 58 yoshli erkak 15 yoshli jiyanini zo‘rlaganlikda gumonlanayotgani haqida xabar bergandik.