Sirdaryo viloyatida 58 yoshli fuqaro o‘z jiyaniga tegajog‘lik qildi. Bu haqda “Daryo”ning IIVdagi manbalari xabar berdi.

Foto: Google Images

17-avgust kuni Sirdaryo viloyati Shirin shahrida yashab kelayotgan fuqaro 1961-yilda tug‘ilgan nafaqaxo‘r S.R. uning voyaga yetmagan jiyani 2004-yilda tug‘ilgan maktab o‘quvchisi J.X. istiqomat qiladigan uyga devordan narvon orqali oshib o‘tib, jiyaniga tegajog‘lik qilgan.

Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilib, barcha hodisa ishtirokchilaridan tushuntirishlar olindi va tegishli ekspertizalar tayinlandi.

Hozirda Shirin shahar IIB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.