Xalqaro olimlar guruhi odam immun tanqisligi virusidan (OIV) himoyalanishning yangi usulini topdi, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Tadqiqotchilarning aniqlashicha, parazit shistosoma lichinkalari inson T-limfotsitlariga OIV virusi yuqishini blokirovka qiladi.
Olimlar ushbu parazitlar tuxumidan dori tayyorlashga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur dori vositasi yordamida odamning dendrit hujayralari virusga qarshi 80 foizdan ortiqroqqa bardoshli bo‘lgan.