2019-yil 30 avgust kuni Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida yashovchi 38 yoshli O‘.B. IIBga murojaat qilib, shu kuni soat 14:30 dan 15:00 gacha bo‘lgan vaqt oralig‘ida noma’lum shaxslar “Obod yurt” MFY, Yangi asr ko‘chasida eshiklari ochiq holda qarovsiz qoldirilgan Lacetti rusumli avtomashinasini haydab qochganligini ma’lum qilgan.
Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan qidiruv ishlari natijasida avtomashina Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumani hududidan o‘tuvchi M-39 yo‘lining 73-kilometridan texnik soz holda topilgan.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida yashovchi 21 yoshli Sh.Yu. va 18 yoshli I.B. sodir etganligi aniqlanib, ushlangan.
Tergov harakatlari davom etmoqda.
Izoh (0)