O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Lukashenkoni tug‘ilgan kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta zafarlar tiladi.
Belarus prezidenti, o‘z navbatida, iliq qutlov uchun minnatdorlik bildirib, Shavkat Mirziyoyev va ko‘p millatli O‘zbekiston xalqini Mustaqillik kuni bilan tabrikladi.
“Tomonlar serqirra O‘zbekiston—Belarus munosabatlari bugungi kunda yuqori sur’atlar bilan rivojlanib borayotganini katta mamnuniyat bilan qayd etdilar”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.
Izoh (0)