Futbol bo‘yicha Ispaniya chempionatining 3-turida Ernesto Valverde qo‘l ostidagi Kataloniyaning “Barselona” klubi 31-avgust, shanba kuni “Osasuna” maydoniga safar qildi.
Bellashuv davomida mezbon jamoa vakili Roberto Torres (7, 81 — penalti) Mark-Andre ter Shtegen qo‘riqlayotgan darvozani ikki bor ishg‘ol qilgan bo‘lsa, “ko‘k-anorranglilar”dan Anssumane Fati (51) hamda Artur (64) o‘z nomiga bittadan gol yozdirib qo‘ydi.
Natijada kataloniyaliklar mehmonda kechgan bahsda “Osasuna” bilan 2:2 hisobidagi durangga imzo chekdi.
Mazkur bahsdan so‘ng “Barselona” ochkolari sonini 4 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 5-o‘rinni egallab turibdi.
La Liga
3-tur bahsi
31-avgust, shanba
“Osasuna”—“Barselona” 2:2
Gollar: 1:0 — 7 Roberto Torres, 1:1 — 51 Fati, 1:2 — 64 Artur, 2:2 — 81, penalti, Roberto Torres“Osasuna”: Ruben Martines, Estupinyan, David Garsiya, Vidal, Aridane, Merida (Monkayola, 71), Oyer Sanxurxo, Roberto Torres, Ruben Garsiya (Ibanyes, 65), Chimi Avila, Brandon (Vilyar, 78).
“Barselona”: ter Shtegen, Pike, Semedu (Fati, 46), Langle, Serji Roberto, Rafinya (Artur, 53), de Yong (Vidal, 82), Karles Peres, Buskets, Alba, Grizmann.
Ogohlantirishlar: Merida (13), Serdji Roberto (32), de Yong (37), Brandon (43), Pike (82), Monkayola (90), Langle (90)
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)