Iqlim o‘zgarishi muammolari bilan shug‘ullanayotgan shvetsiyalik maktab o‘quvchisi Greta Tunberg Nyu-Yorkka yetib keldi.

Foto: UN

U atrof-muhitga zararli ta’sirni kamaytirish uchun samolyotda uchishdan voz kechdi va AQShga parus yaxtasida yetib bordi. Safar ikki hafta davom etdi.

Tunberg BMTning sentabr oyi ikkinchi yarmida AQSh va Chilida bo‘lib o‘tadigan iqlim o‘zgarishlari bo‘yicha sammitida ishtirok etadi. Uning keyin qanday Shvetsiyaga qaytib ketishi hozircha ma’lum emas.