Vegetarian bo‘lgan hindistonlik bloger Barkha Singh Xivaga qilgan sayohatida Xorazmning gastronomik taomi hisoblanmish “Shivit oshi”ni sevib tanovul qildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish departamenti matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.
U mazkur taomni shunday ta’riflagan: “Xivada bir nechta ajoyib vegetarian taomlar taklif etildi. Bu O‘zbekistonda kam uchraydigan holat. Aytmoqchimanki, agar siz vegetarian bo‘lsangiz ham och qolmaysiz. Ular har doim maxsus so‘rov bo‘yicha biror narsa tayyorlaydi. Ammo bu taom butunlay vegetariancha va qarang men qanchalik baxtliman!”
Uning Instagram’da 943 ming, YouTube’da esa 123 ming obunachisi bor.
Izoh (0)