O‘zbekiston Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi Toshkentda archa daraxtlarini ommaviy kesish holatiga izoh berdi, deb yozmoqda qo‘mita matbuot xizmati.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentning Mirzo Ulug‘bek ko‘chasi bo‘ylab sobiq tuman ichki ishlar bo‘limi binosi yonida archa daraxtlarining ommaviy kesilayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgan edi.
Ma’lum bo‘lishicha, ushbu daraxtlar 110 kiloVoltli elektr liniyasi ostida o‘sgan bo‘lib, ularning bo‘yi elektr tarmog‘idan foydalanish hamda atrofdagi odamlar uchun xavfli darajaga yetgan. Shu sababli, baxtsiz hodisalarning oldini olish maqsadida yuqori voltli elektr tarmog‘ining qo‘riqlash hududida bo‘lgan baland bo‘yli daraxtlarni kesishga ruxsat berilgan.
Ma’lumot uchun, ushbu elektr tarmog‘i Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Mirobod va Yunusobod tumanlarini elektr toki bilan ta’minlaydi.
Izoh (0)