UFC chempioni Habib Nurmagomedovning murabbiyi Xavyer Mendes Dastin Poryega qarshi jangda rossiyalik yakkakurashchini nima chalg‘itishi mumkinligini aytdi.
“Habibdan avval uning bir nechta do‘stlari va sheriklarining jang o‘tkazishi muhim palla hisoblanadi. Agar ularning qaysi biridadir vaziyat rejadagidek bo‘lmasa, bu Habibning ruhiy holatiga ta’sir qilishi mumkin.
Agar kimdir chegaradan chiqadigan bo‘lsa, o‘ylashimcha, Habibning otasi Abdulmannop Nurmagomedov unga yaxshigina tanbeh berib qo‘yadi. U juda tartibli inson va o‘quvchilaridan atrofdagilarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishni talab qiladi”, — deydi Mendes.
Eslatib o‘tamiz, 7-sentabr kuni Abu Dabida bo‘lib o‘tadigan UFC 242 musobaqasi asosiy jangida Habib Nurmagomedov va Dastin Porye ishtirok etadi. Undan avval Nurmagomedov jamoasining vakili Zubayra Tuxugov ham jang qiladi.
Yanada ko‘proq UFC va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)