Samarqand viloyatidagi ikkita manzil koloniyada jazo muddatini o‘tayotgan 11 nafar mahkumga nisbatan afv e’lon qilindi. Bu haqda Zarnews xabar berdi.
Joriy yilning 26-avgust kuni Prezidentning “Ozodlikdan mahrum qilish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan va tuzalish yo‘liga o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi farmoni imzolanib, jazoni ijro etish muassasalarida jazo muddatini o‘tayotgan bir guruh mahkumlar afv etilib, jazodan ozod etildi.
Ulardan 5 nafari jazoni ijro etish koloniyalaridan ozod qilingan bo‘lsa, 6 nafarining jazosi uchdan bir qismiga qisqartirildi.
Izoh (0)