• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Qobil Xidirov: Blogerlarning zararidan ko‘ra foydasi ko‘proq, buni davlat ham tushunmoqda

    So‘nggi paytlarda peshqadam blogerlarning turli ommaviy axborot vositalari bilan raqobati yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Jurnalist Sanjarbek Hamidovning “Davletov.uz” kanali ma’muri, bloger va jurnalist Qobil Xidirov bilan suhbati blogerlar va blogerlik atrofida kechdi.

    Foto: Hotamjon Mamadaliyev

    Foto: Hotamjon Mamadaliyev

    — Xalq ta’limi vazirligi Toshkent shahridagi 81 ta maktabda ortiq o‘quvchilar bo‘lishining oldini olish uchun oqilona yechim sifatida pul to‘lash tizimini joriy qilishga urindi. Xorazm, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlari hokimlari “Snos” borasida noqonuniy ishlarga yo‘l qo‘ydi. Ijtimoiy adolat buzilgan joyda, albatta, norozilik kelib chiqaveradi. Blogerlar faoliyatini kuchaytirish orqali ijtimoiy adolatsizliklarning oldini olish mumkinmi?

    — Siz yuqorida qayd etgan muammolarning qaysidir ma’noda kun tartibiga chiqishiga blogerlar emas, menimcha, bugungi ochiqlik jarayoni sababchi. Ya’ni blogerlar bu mavzuni ko‘tarmasa ham ijtimoiy tarmoqlarda bu mavzular juda keng muhokama qilinmoqda, qilinadi ham. Agar mukammal ishlaydigan davlat institutlari bo‘lganida ijtimoiy tarmoqlardagi kayfiyat orqali ham u yoki bu hujjatlar, amaldorlar faoliyatini baholash mumkin. Shuning uchun ham, nazarimda, odamlarimizda o‘z dardini aytadigan, boshqalar bilan bo‘lishadigan joy bo‘lishi kerak. Turli davlat idoralariga yuborilayotgan shikoyatlar, arizalar o‘z ijrochisini topguncha fuqaroning sabrini sinayapmiz. Shuning uchun ham odamlarga qahrini, nafratini sochadigan joy kerak. Bu joy, yaxshisi, virtual olam bo‘lgani hammaga ma’qul.

    Blogerlarni kuchaytirish orqali ijtimoiy adolatsizlikka kurashish masalasiga keladigan bo‘lsak, buni qanday qilish mumkinligini tasavvur ham qila olmayman. Ochiq axborot maydonida raqobat juda kuchli, u inflyuyenserlar, ya’ni fikrini aniq yetkazib beradigan, o‘tkir muammolarni topib, uni ommaga olib chiqadigan yangidan-yangi nomlarni bizga taqdim etayapti. Fikrimcha, blogerga davlat tomonidan hech narsa kerak emas, faqat unga xalaqit berishmasa bo‘ldi.

    Afsuski, oxirgi paytlar blogerlar haqida yuqori doiralarda qancha yaxshi gaplar aytilgan bo‘lsa, turli nuqtalarda shuncha salbiy, negativ munosabat ham kuchayib borayapti. Bu ham qaysidir ma’noda tabiiy jarayon. Blogerni faqat bloger obro‘sizlantiradi. Afsuski, bunaqa blogerlar ham tiqilib yotibdi.

    — Uch viloyat hokimi Prezident topshirig‘iga ko‘ra xalqdan uzr so‘radi. Agar topshiriq berilmaganda ular xalqdan uzr so‘ramasmidi? Siz shu jarayonlarni kuzatib bordingiz. Endi vaziyat o‘zgarishiga ishonasizmi?

    — Yo‘q, bunga unchalik ham ishonmayman. Albatta, o‘sha hokimlar xulosa chiqargani aniq, lekin buni lahzalik mas’uliyat deb bilaman. Bizga tepadan topshiriq bo‘lsa uzr so‘raydigan emas, balki qilgan xatosini teran anglab, samimiy uzr so‘raydigan amaldorlar kerak. Afsuski, joylardagi ayrim hokimlar o‘z hududidan imkon qadar axborot chiqarmaslikka, Toshkentga negativ ma’lumot yetib bormasligi uchun intiladi, ko‘zbo‘yamachilik qiladi. Shuning uchun ham ommaviy axborot vositalarini qo‘llab-quvvatlash, ularning oyog‘iga tushov bo‘layotgan bir-ikkita qonuniy cheklovlarni olib tashlash, hokimlarga ta’sir o‘tkazadigan samarali mexanizmlarni, masalan, viloyat kengashlarini kuchaytirish maqsadga muvofiq.

    Tuman kengashlari deputatlari hozirgi sharoitda tuman hokimining hisobdorligini ta’minlashi amrimahol, lekin viloyatlar deputatlari bu ishni bemalol qilishi mumkin. Shuning qandaydir yo‘llarini topish kerak. Joylarda Prezidentga yordamchi bo‘ladigan institutlar ko‘payishi kerak. Bu deputatlar, bu jamoatchilik, bu OAV, shu jumladan, blogerlar.

    — Bloger ijtimoiy adolatsizliklarni qanday aniqlaydi? Yuzaki qaraganda tinch va osuda oqayotgan daryo tubidagi po‘rtanalarni bilish uchun suvga sho‘ng‘ish talab etiladi. Bu xavfli emasmi?

    — Bloger unaqa bo‘lishi kerak, jurnalist bunaqa bo‘lishi kerak, deb aql o‘rgatadiganlar, ayniqsa, amaldorlar orasida ancha ko‘p. Hamma o‘zining ishini qilsa, nazarimda, bizda ancha ijobiy o‘zgarish yuz beradi. Yuqorida qayd etganimdek, blogerni obro‘sizlantiradigan, uni xalq va jamiyat oldida yomonotliq qiladigan ham blogerlarning o‘zi. Shuning uchun blogerlar qaysi yo‘ldan bormasin, nazarimda, bir necha oltin qoidalarga rioya etishi kerak. Bu qonuniy talab emas, lekin blogerning faoliyatiga ziyon yetkazmaydigan qoidalar.

    Avvalo, birinchi bo‘laman, deb yolg‘on ma’lumot berishdan tiyilish lozim. Ikkinchidan, sizning faoliyatingiz jamiyat zarariga o‘ynamasligi lozim. Rus tilida aytganda, “ne povredit”. Uchinchidan, blogerlar bir-biri bilan tortishmasdan, bir-birini sharmanda qilmasdan, birdamlik, hamjihatlikda munosabatda bo‘lishi hayot talabiga aylanayapti. Shundagina turli bosimlardan, kutilmagan zarbalardan himoyalanish mumkin. To‘rtinchidan, yaxshimi-yomonmi, mamlakat qonunlarini hurmat qilish va unga qat’iy rioya qilish lozim.

    Xulosa qilib aytganda, so‘nggi ikki-uch yildagi ochiqlik siyosati O‘zbekistonga yangi fenomen — blogerlar fenomenini berdi. Hozircha buning zararidan ko‘ra foydasi ko‘proq, buni davlat ham tushunmoqda.

    27.08.2019, 22:50   Izoh (0)   21143
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Saida Mirziyoyeva Parijga taklif qilindi (video)

    27.08.2019, 22:20

    O‘zbekistonda mustaqillik bayrami munosabati bilan afv e’lon qilindi

    27.08.2019, 21:55

    MSK raddiyasi: O‘zbekistonda saylovlar proporsional emas, balki majoritar saylov tizimida o‘tkaziladi

    27.08.2019, 20:55

    IIBB: Toshkentda soqol qirdirilishiga diniy mazmunning hech qanday aloqasi yo‘q

    27.08.2019, 20:29

    Shavkat Mirziyoyev chegaralarni qo‘riqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazdi

    27.08.2019, 19:23

    Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarkibida Bo‘zatov tumani tashkil etildi

    27.08.2019, 18:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiyalik bolalar dam olish uchun O‘zbekistondagi oromgohga keldi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 09:14

    “Real” Rodrigoning kelajagi borasida muzokara boshladi

    Sport | 19 iyul, 08:57

    Toshkent ko‘chalaridan biri avtomobil va yo‘lovchilar uchun bir oyga yopiladi

    O‘zbekiston | 19 iyul, 00:23

    Nepalda onlayn firibgarlik va jinoyatchilik ko‘payishi sababli Telegram bloklandi

    Dunyo | 18 iyul, 23:57

    Qirg‘iziston Tojikiston va O‘zbekiston bilan chegaralar tutashgan nuqta to‘g‘risidagi shartnomani ratifikatsiya qildi

    Dunyo | 18 iyul, 23:30

    O‘zbekistonda sudlar tomonidan oqlangan shaxslar soni 2,5 baravar kamaydi

    O‘zbekiston | 18 iyul, 23:11
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.