Germaniyaning Shimoliy Reyn-Vestfaliya hududida joylashgan Zost shahrida sakkiz yoshli bola onasining mashinasini yashirincha o‘g‘irlab haydadi. Bu haqda The Independent xabar bermoqda.
21-avgust, chorshanba kuni ayol yarim tundan keyin o‘g‘lining uyda yo‘qligini payqadi. Mashina ham g‘oyib bo‘lganini bilib, zudlik bilan politsiyaga murojaat qilishga qaror qildi.
50 daqiqadan so‘ng, bola katta yo‘l yaqinida topilgan. U mashinani to‘xtab turish joyiga qo‘yib, mashina avariyaviy chiroqlarini yoqdi va ogohlantirish uchburchagini o‘rnatdi. “Men bir oz mashinada sayr qilmoqchi edim”,— dedi bola politsiyaga yig‘lab.
Ma’lum bo‘lishicha, u katta yo‘lga chiqib, tezlikni oshirgan. Avtomobil soatiga 140 kilometr tezlikka chiqqach, u o‘zini yomon his qilgan. Shundan so‘ng, bola to‘xtashga qaror qildi. Safar davomida hech kim jabrlanmadi.
Onasining ta’kidlashicha, bola ko‘pincha karting bilan shug‘ullanadi va “Avtodrom” attraksionini yaxshi ko‘radi. Ilgari, unga shaxsiy hududda mashina haydashga ruxsat berishgan.
Izoh (0)