Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida xorijiy tillarni o‘qitishni yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida hukumat qarori qabul qilindi.

Foto: O‘zA

Qarorga ko‘ra 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab:

39 ta nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tiliga ixtisoslashtirilgan maktab tashkil etiladi;

ushbu tillar bo‘yicha o‘qituvchilar “El-yurt umidi” jamg‘armasi hisobidan xorijga malaka oshirishga yuboriladi;

tillar bo‘yicha mutaxassis tayyorlaydigan OTMlarda ehtiyojga qarab qabul kvotalari oshiriladi;

maktablarda ota-ona va o‘qituvchilar istagidan kelib chiqib nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys yoki xitoy tili ikkinchi til sifatida joriy etiladi;

mutaxassislar 2020/2021-o‘quv yilida nemis, fransuz, ispan, yapon, koreys va xitoy tili mutaxassisligi bo‘yicha bepul qayta tayyorlovdan o‘tadi.