Avval xabar berganimizdek, 21-avgust kuni soat 01:54 da Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi, 69-uyda joylashgan O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi hududidagi binoning oshxonasi, yordamchi xonalari va tom qismi 400 kvadrat metr maydonda yongan.
Toshkent shahar yong‘in xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, jangovar bo‘linmalar chaqirilgan manzilga soat 02:00 da yetib borgan va ko‘rilgan tezkor choralar natijasida yong‘in soat 02:45 da qurshab olinib, soat 03:36 da o‘chirilgan. Voqea joyiga 12 ta yong‘in o‘chirish texnikasi jalb qilingan.
Yong‘in elektr simlarining qisqa tutashuvi oqibatida sodir bo‘lgan, deb taxmin qilinmoqda.
Keltirilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Hodisada insonlarning halok bo‘lishi va tan jarohati olish holatlari qayd etilmadi.
Izoh (0)