• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Madaniy meros haftaligi: Nima? Qayerda? Qachon?

    21-avgust, chorshanba kuni Toshkent shahridagi Yoshlar ijod saroyida “O‘zbekiston — buyuk yo‘llar va sivilizatsiyalar chorrahasi: imperiya, din, madaniyat” mavzusidagi meros haftaligi (22—27-avgust kunlari) oldidan matbuot anjumani tashkil etildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Unda O‘zbekiston Respublikasi bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov, O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, saqlash va targ‘ib etish bo‘yicha butunjahon jamiyati Ilmiy kengashi a’zosi Frederik Starr, Madaniyat vaziri o‘rinbosari Kamola Akilova, O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjahon jamiyati raisi, “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi koordinatori Firdavs Abduholiqov va boshqa spikerlar madaniy haftalikning asosiy voqealari haqida so‘z yuritdi.

    “Biz siz bilan ajoyib hodisaning guvohi bo‘lyapmiz, dunyoning ko‘plab mamlakatlaridan yuqori darajali mehmonlar, olimlar va ommaviy axborot vositalari O‘zbekistonning madaniy merosiga qiziqish bildirib, yurtimizga tashrif buyurishmoqda.

    Ahamiyatlisi, Prezident Shavkat Miromonovich madaniy merosni saqlash masalasiga katta e’tibor qaratib, ushbu yirik tadbirga tayyorgarlikning barcha bosqichlarini shaxsan o‘zlari nazoratga oldilar, bosh vazirimiz zarurat tug‘ilganda joylarga borib, tayyorgarlik ishlarini ko‘zdan kechirdilar. Tadbirga shuningdek UNESCO bosh direktori Odri Ozule xonimning tashrifi kutilmoqda. Madaniy meros haftaligi doirasidagi biri-biridan qiziq tadbirlar nafaqat Markaziy Osiyo, balki butun Yevrosiyo qit’asi uchun muhim ahamiyat kasb etadi”, — dedi bosh vazir o‘rinbosari.

    Aziz Abduhakimov O‘zbekiston Madaniy meros haftaligi doirasida muloqot uchun ochiq va hamkorlikka tayyor ekanini ta’kidladi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    O‘zbekiston madaniy merosini saqlash, o‘rganish va targ‘ib qilish bo‘yicha butunjahon jamiyati raisi Firdavs Abduholiqovning so‘zlariga ko‘ra, Madaniy meros haftaligi doirasida 13 yangi kitob, 8 muhokamalar doirasi, 4 xalqaro konferensiya, 5 yangi film, 3 eksklyuziv ko‘rgazma, 30 ta to‘ldirilgan reallik effektiga ega kitob, 10 dan ortiq loyiha taqdimoti o‘tkazilishi kutilmoqda.

    22-avgust kuni Toshkentda O‘zbekiston madaniy merosini o‘rganish, asrash va targ‘ib etish bo‘yicha Butunjahon jamiyatining III xalqaro kongressi ish boshlaydi. Kongressda O‘zbekiston madaniy merosining dunyo to‘plamlarida saqlanayotgan merosiga bag‘ishlangan yangi 20 jildli kitob-albom taqdimoti o‘tkaziladi. Mazkur kitoblarni yaratishda O‘zbekiston, Fransiya, Buyuk Britaniya, Polsha, Chexiya, Yaponiya singari davlatlardan yetakchi mutaxassislar ishtirok etadi. 23-avgust kuni Toshkent shahar hokimligi tomonidan “Toshkent — Sharq yulduzi” nomli tantanali qabul marosimi uyushtiriladi.

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    24-avgust kuni Haftalik ishtirokchilari Termizga jo‘nab ketadi va u yerda jahon tarixini o‘rganishdagi muhim voqealarga shohid bo‘ladi. Bu yerda ilk bor o‘tkazilayotgan “O‘zbekiston — sivilizatsiyalar chorrahasi” arxeologik konferensiyasida butun dunyodan kelgan taniqli sharqshunoslarning ma’ruzalari tinglanadi.  Dasturning eng muhim voqeasi — akademik Edvar Rtveladze rahbarligida Kampirtepada olib borilgan tadqiqotlar mevasi bo‘lgan Oksiana Iskandariyasi bilan tanishuv bo‘ladi. Shundan so‘ng mehmonlar Surxondaryo viloyati hududidagi qadimgi shaharchalar, qazishma hududlari va tarixiy yodgorliklarga sayohat qiladi. Ular milodiy I-III asrlarga mansub Fayoztepa budda ibodatxonasi majmuasi, shuningdek, Termiz Arxeologiya muzeyida bo‘ladi.

    Shu bilan birga, 24-avgustda Haftalik ishtirokchilarining bir qismi qadimiy Buxoroga yo‘l olishadi va shaharning obidalari bilan tanishadi. Qolganlar 25-avgust kuni maxsus reys bilan Samarqandga parvoz qilib, Madaniy meros haftaligining keyingi tadbirlarida qatnashadi. Ular uchun “O‘zbekiston obidalari nima haqda sukut saqlaydi?” mavzusidagi o‘ziga xos ekskursiya tashkil qilinadi.

    Dunyo olimlari Samarqand obidalaridagi bitiklarda ta’lim, ma’rifat, tinchlik va bunyodkorlik haqidagi da’vatlardan xabar topadi. 26-avgust kuni Samarqandda UNESCO shafeligida o‘tadigan xalqaro konferensiyada dunyoning qirqdan ortiq mamlakatidan 200 dan ziyod olim ishtirok etadi. “Moddiy va nomoddiy madaniy merosni asrash: dolzarb muammolar va ularni hal qilish strategiyasi” mavzusida o‘tkaziladigan xalqaro konferensiyaga 300 dan ortiq sharqshunos olim, UNESCO ekspertlari, xalqaro OAV vakillari taklif etilgan.

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Shuningdek, Samarqandda “Asrlar qa’ridan taralgan nur” nomli islomshunos olimlar ishtirokida xalqaro konferensiya ham bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida “O‘zbekiston obidalaridagi bitiklar” turkumidagi kitob-albomlarning Xorazm va Buxoro viloyatlari obidalariga bag‘ishlangan navbatdagi jildlari (14 va 15-jildlar) taqdimoti hamda BBC o‘zbek xizmati va O‘zEOAVMA hamkorligida suratga olingan “Katta langar Qur’oni: sirlar va haqiqatlar” kitobining taqdimoti o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respubikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan qurilgan Imom Buxoriy ilmiy tadqiqot markaziga tashrif ham ko‘zda tutilgan.

    Samarqanddagi tadbirlarning eng esda qolarlisi “Samarqand — Buyuk ipak yo‘li yuragi” nomli yorqin festivali bo‘lishi kutilmoqda. Festival Amir Temurning yetti bog‘idan birining shakl-shamoyili asosida tiklangan, xuddi shu kuni tantanali ochilish marosimi o‘tkaziladigan “Bog‘i shamol” bog‘ida bo‘lib o‘tadi. Turli xalqlarning milliy liboslarini kiygan tadbir qatnashchilari o‘zlarini xuddi vaqt mashinasida ketayotgandek, o‘rta asrlar muhitiga, mashhur Samarqand bozoriga tushib qolgandek his qiladi.

    Haftalik an’anaviy “Sharq taronalari” XII xalqaro musiqa festivalining Registon maydonidagi ochilish marosimi bilan yakuniga yetadi.

    22.08.2019, 06:00   Izoh (0)   13641
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Alkogol mahsulotlari bilan savdo qilish uchun ruxsat guvohomasi olish tartibi soddalashtiriladi

    22.08.2019, 05:30

    Samarqandda advokatning ishiga to‘sqinlik qilgan MIB xodimiga jazo tayinlandi

    21.08.2019, 23:05

    Rasul Kusherboyev: XDP targ‘ibotning “yolg‘on orqali hujum” taktikasini tanlamoqda

    21.08.2019, 22:52

    Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi boshlig‘i xodimlarini uyida loy bosishga majburlagani bildirilmoqda

    21.08.2019, 22:40

    Abdulaziz Komilov qozog‘istonlik hamkasbi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    21.08.2019, 22:29

    O‘zbekistonda 1-sentabrdan joriy etiladigan yangi tartiblar, futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashini aytgan Ronaldu, smartfon uchun ukasini o‘ldirgan aka va k...

    21.08.2019, 22:03
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Yaponiyadagi “EXPO-2025” ko‘rgazmasidagi suvda bakteriyalar aniqlandi

    Dunyo | 6 iyun, 16:58

    Isroil uzoq tanaffusdan so‘ng Bayrut hududiga zarba berdi

    Dunyo | 6 iyun, 16:00

    O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zolari va murabbiylarini mukofotlash to‘g‘risidagi prezident farmoni e’lon qilindi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 15:25

    Muhabbat va nafrat orasi bir qadam. “Yolg‘onchi” Tramp va “telba” Mask o‘rtasidagi mojaro ijtimoiy tarmoqlarni portlatdi

    Dunyo | 6 iyun, 14:00

    Jahon chempionati yo‘llanmasiga ega chiqqan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolariga mashina sovg‘a qilinadi

    Sport | 6 iyun, 13:54

    Osiyodan yana bir terma jamoa ilk marta mundial yo‘llanmasiga ega chiqdi

    Sport | 6 iyun, 12:36

    Endilikda ehtiyojmand oilalarga gaz va elektr energiyasi uchun yil bo‘yi kompensatsiya beriladi

    O‘zbekiston | 6 iyun, 12:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.