• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqandda advokatning ishiga to‘sqinlik qilgan MIB xodimiga jazo tayinlandi

    Samarqand viloyatining Ishtixon tumanidagi “Vindikatsiya” advokatlik byurosi advokati Ne’matilla Daminov professional faoliyatiga to‘sqinlik qilgan MIB surishtiruvchisi Rustam Ahadqulovni sudga berib, yutib chiqdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Ma’lum bo‘lishicha, bu xodim xizmat vakolatlarini suiiste’mol qilgani uchun avvalroq o‘z rahbariyati tomonidan ham intizomiy jazoga tortilgan ekan.

    MIB Ishtixon tumani bo‘limi tomonidan “tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan” degan ayb bilan ustidan ma’muriy ish ochilgan fuqaro S. o‘z huquqlarini himoya qilish uchun advokat Daminov bilan shartnoma imzolagan. Biroq ishni yuritayotgan MIB Ishtixon tumani surishtiruvchisi R.Ahadqulov advokatni qabul qilishni rad etib, uning hatto MIB binosiga kirishini ham taqiqlab qo‘yadi.

    O‘z navbatida, fuqaro S.ga ham bosim o‘tkazib, huzuriga advokatsiz, faqat o‘zi kelishini talab qiladi. Bu bilan esa u bir tarafdan advokatning kasbiy faoliyatini amalga oshirishiga to‘g‘onoq bo‘lgan, ikkinchi tomondan esa fuqaroni yuridik yordam olish huquqidan mahrum etgan edi.

    Advokat N.Daminov surishtiruvchining protsessual qonun normalariga bu qadar bepisandligini hazm qilolmadi — uning g‘ayrihuquqiy xatti-harakatlari to‘g‘risida MIB Samarqand viloyati boshqarmasi boshlig‘iga ariza yozdi, shuningdek, sudga ham murojaat qildi.

    Shu o‘rinda MIB o‘z xodimining noma’qul ishlariga tezkorlik bilan va tegishlicha munosabat bildirganini aytib o‘tish joiz. Advokat N.Daminovga yuborilgan javob xatidan ma’lum bo‘lishicha, surishtiruvchi R.Ahadqulovning qilmishlari boshqarma boshlig‘i huzurida o‘tkazilgan tezkor yig‘ilishda chig‘iriqdan o‘tkazilgan. Natijada bu surishtiruvchining advokat faoliyatiga g‘ov bo‘lishdan tashqari, ish yuritish qoidalari va ijro talablariga ham rioya qilmagani ma’lum bo‘ladi.

    Xususan, u fuqaro S.ning muqaddam sudlanganligi yoki ma’muriy javobgarlikka tortilganligiga doir talabnomalarni olmagan, tekshirish hujjatlarini tegishli tartibda ro‘yxatdan o‘tkazmagan, shuningdek, dastlabki 10 kunlik muddat o‘tganidan keyin ham qo‘shimcha muddat olmasdan ish yurituvini davom ettirgan ekan. Shu bois xizmat vazifalarini bajarishdagi mas’uliyatsizligi uchun unga nisbatan intizomiy jazo — o‘rtacha oylik ish haqining 30 foizi miqdorida jarima qo‘llash to‘g‘risida buyruq chiqariladi. Uning bevosita rahbari, ya’ni tuman MIB boshlig‘i esa “hayfsan” oladi.

    MIB viloyat boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan ushbu xizmat tekshiruvi xulosasi, tezkor yig‘ilish bayonnomasi, R.Ahadqulovga nisbatan intizomiy jazo qo‘llanilgani to‘g‘risidagi buyruq va boshqa hujjatlar sudda ham javobgarning ma’muriy huquqbuzarlik sodir etganini tasdiqlovchi dalillar sifatida baholandi.

    Ammo R.Ahadqulov sud majlisiga kelmadi. Shunday bo‘lsa-da, u sudga uzrli sabab ko‘rsatmagani va ishni kechiktirish to‘g‘risida ariza ham bermagani bois Ishtixon tuman ma’muriy sudi ishni uning ishtirokisiz ko‘rib chiqdi va MIB surishtiruvchisi MJtKning 1971-moddasida (“Advokatning professional faoliyatiga to‘sqinlik qilish”) nazarda tutilgan huquqbuzarlikni sodir etgan deb topilib, unga eng kam ish haqining ikki baravari miqdorida, ya’ni 405 460 so‘m jarima tayinlandi.

    21.08.2019, 23:05   Izoh (0)   28182
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasul Kusherboyev: XDP targ‘ibotning “yolg‘on orqali hujum” taktikasini tanlamoqda

    21.08.2019, 22:52

    Farg‘ona viloyati arxiv boshqarmasi boshlig‘i xodimlarini uyida loy bosishga majburlagani bildirilmoqda

    21.08.2019, 22:40

    Abdulaziz Komilov qozog‘istonlik hamkasbi bilan ikki tomonlama hamkorlik masalalarini muhokama qildi

    21.08.2019, 22:29

    O‘zbekistonda 1-sentabrdan joriy etiladigan yangi tartiblar, futbolchilik faoliyatini qachon yakunlashini aytgan Ronaldu, smartfon uchun ukasini o‘ldirgan aka va k...

    21.08.2019, 22:03

    Fuqaroning Jahongir Ortiqxo‘jayevga yo‘llagan murojaatidagi masalaga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi oydinlik kiritdi

    21.08.2019, 21:50

    Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobillar nazorati xodimlariga yangi xizmat mashinalari topshirildi

    21.08.2019, 21:24
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.