• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12831.81
    • RUB163.75
    • EUR14606.45
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +23°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Fuqaroning Jahongir Ortiqxo‘jayevga yo‘llagan murojaatidagi masalaga Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi oydinlik kiritdi

    Fuqaro Otabek Nuriddinovning Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayevga ijtimoiy tarmoq orqali qilgan murojaatini bugungi kunga qadar bir qancha saytlar va o‘nlab guruhlar qizg‘in muhokama qildi. Onlayn tarzda yozilgan murojaat albatta aniq manzilga jo‘natilgan va tabiiyki hokimning o‘zi ushbu murojaatga javob berish yoki bermasligi — bu uning ixtiyori, deyiladi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

    O‘z navbatida Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi mutaxassislari murojaatda ko‘tarilgan masalaga oydinlik kiritishga harakat qildi:

    Crafers kompaniyasi bo‘yicha:

    2019-yil 1-avgust holatiga respublika hududida 600 dan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyekt qandolat mahsulotlarini (assortimentda) ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi. Shuningdek, ushbu mahsulot bozorida juda katta miqdorda import qilingan mahsulotlar mavjud bo‘lgani sababli ushbu bozor ancha past konsentratsiyalashgan, raqobat esa yuqori darajada rivojlangan.

    Bundan tashqari, bozordagi ulushlar tahlil qilinganda, qaysidir xo‘jalik yurituvchi subyektning ustun mavqega ega ekanligi aniqlanmadi. Oddiy qilib aytganda, Crafers qandolat mahsulotlari bozori holatiga  hech qanday ta’sir ko‘rsatmaydi.

    Artel kompaniyasi bo‘yicha:

    2019-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda 10tadan ko‘p kompaniya elektr maishiy texnikasini (yirik va mayda) ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.

    Statistika organlaridan olingan ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda 100 dan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar Artel kompaniyasi ishlab chiqarayotgan mahsulotlarga o‘xshash mahsulotlarni ishlab chiqarish va import qilish bilan shug‘ullanib kelmoqda.

    Akfa Group kompaniyasi bo‘yicha:

    2019-yil 1-avgust holatiga respublika miqyosida plastmassadan eshik va rom ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning soni 180 tadan oshgan.

    Bundan tashqari, mazkur bozorda alyuminiydan eshik va rom ishlab chiqaruvchi 400tadan ortiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar ham faoliyat ko‘rsatadi.

    Umuman olganda, ushbu bozorda ham konsentratsiya darajasi past, raqobat esa yetarli darajada rivojlangan.

    Biroq, mazkur bozordagi ishlab chiqarilayotgan alyuminiy va plastik mahsulotlarning texnik va texnologiya jihatidan o‘ziga xos xususiyatlarga ega ekanini hisobga olgan holda, Qo‘mita  har ikkala mahsulotlarni ishlab chiqarishda ma’lum bir kompaniya yoki shaxslar guruhi ustun mavqega egami, yo‘qligini aniqlash maqsadida qo‘shimcha o‘rganish ishlarini olib borishiga to‘g‘ri keladi. O‘rganish natijalari alohida ma’lum qilinadi.

    Bozor munosabatlari sharoitida davlatni xo‘jalik yurituvchi subyektlarning faoliyatiga aralashishiga haqqi yo‘q. O‘z navbatida, xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘z faoliyat yo‘nalishlarini, ishlab chiqarayotgan mahsulotlari va ko‘rsatayotgan xizmatlari narxlarini (tariflarini) mustaqil belgilaydi.

    Ma’lumot tariqasida eslatib o‘tamiz: ustun mavqe tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holatidir.

    Tovar bozorida qaysi xo‘jalik yurituvchi subyekt yoki shaxslar guruhi tovarining ulushi:

    1) ellik va undan ortiq foizni tashkil etsa;

    2) o‘ttiz besh foizdan ellik foizgacha hajmda bo‘lib, bunda quyidagi shartlar:

    • xo‘jalik yurituvchi subyektning tovar bozoridagi ulushi kamida bir yil mobaynida barqaror bo‘lib turishi (ya’ni xo‘jalik yurituvchi subyektning yoki shaxslar guruhining ulushi tovar bozorining 35-50 foizi atrofida bo‘lsa);
    • tovar bozorida boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarga (raqobatchilarga) tegishli ulushlarning nisbiy miqdorda bo‘lib turishi, ya’ni bozoda 20 foizdan ortiq ulushga ega bo‘lagn xo‘jalik yurituvchi subyektlar yoki shaxslar guruhini yo‘qligi;
    • ushbu bozorga yangi xo‘jalik yurituvchi subyektlarning (raqobatchilarning) kirishiga imkoniyatini mavjudligi, xo‘jalik yurituvchi subyektni ustun mavqega ega deb e’tirof etilishiga sabab bo‘ladi.

    21.08.2019, 21:50   Izoh (0)   44946
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobillar nazorati xodimlariga yangi xizmat mashinalari topshirildi

    21.08.2019, 21:24

    Onlayn auksion orqali “chiroyli” avtomobil raqamlari sotuvi kamaymoqda

    21.08.2019, 20:58

    Sirdaryoda birinchi marta investitsiya forumi bo‘lib o‘tadi

    21.08.2019, 20:24

    Xitoyda O‘zbekiston fuqarosi narkotik moddalar tarqatgani va saqlagani uchun sudlanmoqda

    21.08.2019, 19:53

    Shavkat Mirziyoyev Taxiatosh IESda bug‘-gaz qurilmasi barpo etish jarayoni bilan tanishdi

    21.08.2019, 19:46

    Energetika vazirligi quyi tashkilotlari xodimlariga nisbatan 25 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

    21.08.2019, 19:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Sello Ecosystem Farg‘ona, Andijon va Namanganda Sello Summer Fest yorqin festivalini o‘tkazdi


     ADM Jizzakh Jizzaxda joylashgan 5-ixtisoslashtirilgan muassasa tarbiyalanuvchilari ehtiyoji uchun avtobus taqdim qildi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti — kelajagingizni kafolatlaydigan zamonaviy ta’lim maskani! 


    Tenge Bank Tenge24 ilovasida yangi raqamli avtokreditini e’lon qildi


    O‘zbekiston qishloq xo‘jaligi mahsulotlari Yevropaga yo‘l olmoqda


    AVO’dan yangi omonat: yillik 25% gacha — 6 oyda orzuingizni amalga oshiring


    Suv — bebaho neʼmat: Agrobankdan fermerlar uchun yangi metodik to‘plam


     Coca-Cola jamg‘armasi va Global atrof-muhit va texnologiyalar jamg‘armasi (GETF) “Aylanma iqtisodiyot kelajagi uchun hamkorlik bitimi (PACT)” ni e’lon qilganligi haqida ma’lum qildi


    Yangi ufqlar: Centrum Air haftasiga ikki marta Toshkentdan Bishkekka parvozlarni amalga oshiradi


    UZTELECOM "Muruvvat" tarifini taqdim etadi: Atigi 25 000 so‘m evaziga g‘amxo‘rlik va e’tibor bilan boyitilgan aloqa


    Zamonaviy Haval Jolion endi 0% muddatli to‘lov shartida 


    Mobiuz "Mehribon" imtiyozli tarif rejasini taqdim etdi


    UCMG Amsterdamda bo‘lib o‘tayotgan Money 20/20 Europe xalqaro fintech ko‘rgazmasida O‘zbekiston nomidan ishtirok etadi


    Kapitalbank va Visa O‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 saralash o‘yinini BAAda tantanali ravishda ochishdi


    Toshkentda xalqaro fintex-hodisa — Visa Cashless Forum 2025 bo‘lib o‘tdi 

     

    Tavsiya etamiz

    Chumchuqlarga yem bo‘lgan burgutlar. “O‘rgimchak to‘ri” operatsiyasi Rossiya uchun qanchaga tushadi?

    4 iyun, 18:49
    Audio Icon

    Qurib qolgan ko‘chatlar, millionlar shamolga uchdimi?

    4 iyun, 15:03

    Feldmarshalga almashtirilmagan Stalinning zurriyoti — “dohiy” nega o‘g‘lini urushga yuborgan edi?

    3 iyun, 21:10

    Ko‘zi o‘tkir, qulog‘i sezgir temir qushchalar. Razvedkachi dronlarning “katta akalari”

    3 iyun, 20:40
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Hindistonda dunyodagi eng baland temiryo‘l ko‘prigi ochildi (video)

    Dunyo | 6 iyun, 23:00

    Qozog‘iston harbiylarini Buyuk Britaniyada o‘qitadi

    Dunyo | 6 iyun, 22:00

    Superliga. Qoldirilgan bahsda “Xorazm” “Qizilqum”ni yirik hisobda mag‘lub etdi

    Sport | 6 iyun, 21:10

    Rossiyada IELTS topshirganlar qamalishi mumkin

    Dunyo | 6 iyun, 21:00

    Shavkat Mirziyoyevni Qurbon hayiti bilan kimlar tabrikladi?

    O‘zbekiston | 6 iyun, 19:57

    Ukraina “O‘rgimchak to‘ri”ga o‘xshash yangi operatsiyalarga tayyorlanmoqda — The Washington Post

    Dunyo | 6 iyun, 19:30

    Germaniya yuzlab migrantlarni mamlakatga kiritmadi

    Dunyo | 6 iyun, 18:50

    Ukrainalik bolalar dam olish va reabilitatsiya uchun Toshkentga keldi (foto)

    O‘zbekiston | 6 iyun, 17:46
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.