12-avgustdan 18-avgustgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 716 tadan 632 taga kamaydi. Bu haqda Tovar-xomashyo birjasi ma’lumotlariga tayanib, Spot xabar bermoqda.
Sotilgan davlat raqami belgilarining umumiy miqdori 2,5 milliard so‘mni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 16,8 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 52,5 foizi ikkinchi va 30,7 foizi esa uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.
Shu jumladan, birja savdolarining hajmi avvalgi haftaga nisbatan 3,8% ga kamayib, 655,4 milliard so‘mni tashkil etdi.
Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 2,2 million dollarni tashkil etdi.
Izoh (0)