Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobillar nazorati tizimida xizmat qilayotgan xodimlarga harbiy texnikalarning harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Nexia va Gentra rusumli 15 ta avtomobilni topshirishga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti “Daryo”ga ma’lum qildi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Unda Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari bo‘yicha o‘rinbosari general-mayor Azizbek Ikromov, mas’ul ofitserlar va soha xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda so‘zga chiqqanlar Mudofaa vazirligida kechayotgan ijobiy islohotlar, bu kabi o‘zgarishlar, xususan, harbiy texnikalar bilan sodir bo‘layotgan ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olish va harbiy xizmatchilarning salomatligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Yangi avtomobillar barcha harbiy okruglarning Harbiy avtomobillar nazorati xizmatlariga topshirildi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Eslatib o‘tamiz, Eron Islom Respublikasining Parand shahri yonidagi Aylend avtodromida Xalqaro armiya o‘yinlari—2019 doirasida o‘tkazilgan “Yo‘l patruli” musobaqasida Mudofaa vazirligi Harbiy avtomobillar nazorati jamoasi ham ishtirok etib,  faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritgan edi.

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Foto: Mudofaa vazirligi

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi