AQSh prezidenti Donald Tramp milliy xavfsizlik mutasaddilariga dengiz orqali  Venesuelaga mahsulot yetkazish va ulardan qabul qilishni to‘xtatishni taklif qildi. Bu haqda Trampdan bevosita eshitgan yoki uning bayonotidan xabardor bo‘lgan 5 nafar sobiq va amaldagi mansabdorlarga tayanib, Axios xabar berdi.

Foto: “Korabelniy portal”

“RBK”ning yozishicha, Tramp kemalarni Venesuela qirg‘oqlari bo‘ylab joylashtirishni taklif qilgan.

Mansabdorlarning so‘zlariga ko‘ra, bu haqda Tramp qariyb bir yarim yildan beri aytadi, xususan, bir necha hafta oldin ham tilga olgan.

Xabarda aytilishicha, Pentagonda prezident taklifi jiddiy qabul qilinmagan. Mutasaddilar bularning barchasi noo‘rinligi, qonuniy asosga ega emasligi va Harbiy dengiz kuchlari resurslarini talab etishi, ular esa allaqachon Xitoy va Eronga qarshi kurashga jalb etilganini aytgan.