18-avgust, yakshanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 17-turi doirasida Vadim Abramov boshqaruvidagi Toshkentning “Bunyodkor” jamoasi o‘z maydonida Bekobodning “Metallurg” jamoasini qabul qildi.
Uchrashuvning 74-daqiqasida hisob ochildi. Unga “qaldirg‘ochlar” yarim himoyachisi Xurshid G‘iyosov mualliflik qildi.
Shu tariqa “Bunyodkor” “JAR” stadionida kechgan bahsda “Metallurg”ni kichik hisobda taslim qildi va muhim 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng toshkentliklar ochkolari sonini 30 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida 3-o‘rinda bormoqda. “Metallurg” esa 20 ochko bilan 8-pog‘onani band qilib turibdi.
Superliga
18-avgust, yakshanba
17-tur bahsi
“Bunyodkor”—“Metallurg” 1:0
Gol: 1:0 — 74 Xurshid G‘iyosov“Bunyodkor”: Abdumavlon Abdujalilov, Anvar G‘ofurov, Dilshod Ahmadaliyev, Xurshid G‘iyosov, Lutfulla To‘rayev, Mirjahon Mirahmadov (Javohir Qahramonov, 65), Sanjar Qodirqulov (Boburbek Farhodov, 82), Nurillo To‘xtasinov, Shohrux Gadoyev, Abdulla Abdullayev, Sanjar Tursunov (Sanjar Rixsiboyev, 73)
“Metallurg”: Aleksandr Lobanov, Abbosjon Otaxonov, Suhrob Nurilloyev, Bahrom Abdurahimov, Muzaffarjon Muzaffarov, Xudoyshukur Sattorov (Ibrohim Yo‘ldoshev, 79), Kamoliddin Tojiyev (Server Jeparov, 54), Stanislav Andreyev, Akbarjon Ismatullayev, Bahodir Pardayev, Andrey Shipilov
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)