Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

O‘zbekistonlik hojilarning dastlabki guruhi 17-avgust kuni Jidda—Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha O‘zbekistonga qaytib keldi. Bu haqda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning matbuot xizmati ma’lum qildi.

Foto: Google Images

Foto: Google Images

Xabar berilishicha, ziyoratchilar bir oyga yaqin vaqt davomida Makka va Madina shaharlarida bo‘lib, Haj amallarini bajargan. Shuningdek, u yerdagi muqaddas qadamjolarga ziyoratlar ham tashkil etilib, safarning samarali o‘tishi ta’minlangan.

Joriy yilgi Haj mavsumida o‘zbekistonliklarga “al-Hidoya” shirkati tomonidan Madinai munavvarada 5 yulduzli «Zam-zam Pulman» hamda Makkai mukarramada “Abroj al-Hidoya” mehmonxonalarida yuqori saviyada xizmat ko‘rsatilgan.

Bu yilgi mavsumda O‘zbekistondan jami 7000 nafardan ortiq mo‘min-musulmon Haj ibodatini ado etgan. Ularga 35 nafar ishchi guruhi, 35 nafar shifokor, 15 nafar oshpaz hamda 140 nafar guruh rahbari xizmat ko‘rsatgan.

“O‘zbekistonlik hojilar 17-avgustdan 1-sentabr kuniga qadar Jidda—Toshkent yo‘nalishi bo‘ylab O‘zbekistonga qaytadi” deyiladi xabarda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
General Pyotr Pavel Chexiyaning yangi prezidenti etib saylandi
Dunyo
Amerikadagi rus mafiyasi boshlig‘iga aylanib, Rossiyada o‘lim topgan “qonundagi o‘g‘ri” — “Yaponchik”. Kun xronologiyasida 29-yanvar
Mahalliy
“O‘tgan yil davomida ichki ishlar xodimlari bilan bog‘liq 644 ta salbiy video tarqalgan” — Shohrux G‘iyosov