15-avgust kuni 1994-yilda tug‘ilgan G.T. ismli ayol o‘zini Oqdaryo kanaliga tashlagan, deb xabar beradi “Human.uz”.
Qayd etilishicha, G.T. asli Toyloq tumani “Muborak” mahallasida turmush o‘rtog‘i 1988-yilda tug‘ilgan Q.D. bilan yashab kelgan. Oilaning 1 nafar farzandi bor. Aytishlaricha, ular bir-biri bilan ahillikda yashagan.Biroq, kelinchakning turmush o‘rtog‘i juda rashkchi bo‘lgan. Xotinining har qadamini poylagan.
G.T. 15-avgust kuni (kimlar bilan borgani haqida har xil ma’lumot tarqagani bois, oshkor etilmadi) cho‘milish uchun Farhod shaharchasidagi Oqdaryo kanaliga borgan. Bir payt erini ko‘rib, shoshib qolgan va o‘zini suvga otgan. Uning ortidan turmush o‘rtog‘i Q.D. ham o‘zini suvga tashlagan. Bir kun o‘tib, ayolning jasadi topilgan. Biroq Q.D. haqida hozircha hech qanday ma’lumot yo‘q.
Holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)