• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Rossiya, migrantlar qamoqxonasi: Jinoyatchi bo‘lmagan “mahbus”larning taqdiri kimning qo‘lida? (video) 

    BBC o‘zbek xizmati muxbiri Sohiba Hayot Moskva viloyatidagi Rossiyadan deportatsiya qilingan chet el fuqarolarini vaqtinchalik saqlab turish markazida bo‘lib, u yerdagi tutqun o‘zbekistonlik muhojirlarning ahvoli bilan tanishdi.

    Rossiyada migratsiya qonunlarini buzgan muhojirlarni nima kutadi?

    Foto: BBC o‘zbek xizmati

    Foto: BBC o‘zbek xizmati

    Rossiyada muhojirlarga nisbatan eng ko‘p qo‘llaniluvchi qonunga ko‘ra, sud qarori bilan jarima va mamlakatdan chiqarib yuborilish jazosi tayinlanadi.

    Reydlar paytida qo‘lga olingan ayrim mehnat muhojirlari esa to‘g‘ri “spetspriyomnik” - deportatsiya qilingan fuqarolarni vaqtinchalik saqlab turish markazlariga yuboriladi.

    Bu yerda esa qonunbuzar muhojirlar deyarli jinoyatchi mahbuslar singari saqlanadi. BBC o‘zbek xizmati o‘zbekistonlik va tojikistonlik bir guruh faollar bilan Moskva viloyatidagi “migrantlar qamoqxonasi”da bo‘ldi.

    Jinoyatchi bo‘lmagan “mahbuslar” qamoqxonasi Yegorevsk shaharchasidan 8 kilometr uzoqlikda, Kostilyovo qishlog‘iga yaqinroq kimsasiz hududda joylashgan. Atrofi tikanli simlar bilan o‘ralgan 3 gektar maydonga 2 qavatli maxsus bino qurilgan. Kirish tartibi qattiq tekshiruv asosida, bino Rossiya Ichki ishlar vazirligiga qarashli xodimlar nazoratida.

    Bino hovlisidagi bir necha avtomashinalarda bu yerdagi muhojirlarni yo‘qlab keluvchilarni ko‘rish mumkin.

    Ularning qo‘llarida yupqa paketlarda kiyim-kechak va oziq-ovqatlar bor.

    Bu yerda muhojirlar o‘z taqdirini kutib oylab qolib ketadi. Moskvada salqin tushganiga ancha bo‘ldi.

    Bu yerga yozda keltirilganlarning issiq kiyimga ehtiyoji bor. Ammo Rossiyada hech kimi yo‘q muhojirlar nima qilishi noma’lum.

    Faollar tashrifidan ham maqsad shu: Hayit bayrami bahonasida tutqun muhojirlarning holidan xabar olish va ularga zarur ehtiyoj narsalarini yetkazishdir.

    Olib ketish muammo emas

    Muhojirlarni yo‘qlash tadbiri Moskvadagi migrantlar uchun bepul yuridik xizmatlar ko‘rsatuvchi “Tong jahoni” tashkiloti tashabbusi bilan Tojikistonning Moskvadagi konsuli yordamida tashkillashtirildi.

    Unga Moskva shahri O‘zbek milliy madaniy avtonomiyasi rahbariyati, O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi vakili, Migratsiya agentligining Moskvadagi vakolatxonasi rahbari va bir guruh ko‘ngillilar o‘z hissasini qo‘shdi.

    Tashrif munosabati bilan tutqun muhojirlarning bir guruhi deportatsiya markazining oshxonasiga olib kelindi. Elchixona vakili va Migratsiya agentligi vakolatxonasi rahbarini ko‘rishgach, o‘z muammolarini aytib yordam so‘radi.

    Eng ko‘p murojaat muhojirlarning shaxsini tasdiqlash masalasi elchixona tomonidan uzoq muddatda berilayotgani haqida bo‘ldi.

    O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining migratsiya masalalari bo‘yicha agentligi Moskvadagi vakolatxonasi ishga tushganidan buyon aynan shunday holatga tushib qolgan 2000 ga yaqin o‘zbekistonlikni oilasiga jo‘natdi va bu jarayon davom etmoqda.

    Vakolatxona rahbari muhojirlarning vatanga qaytishlari ularning hujjatlari holatiga bog‘liqligini bildirdi.

    “O‘zbekiston tomonidan hujjat tayyor bo‘lgan bo‘lsa, biz sizlarni davlat fondidan olib chiqib ketamiz. Bu umuman muammo emas. Sud mahkamasidan ma’lumot olishimiz kerak”, - dedi vakolatxona rahbari Saidno‘mon Mansurov.

    Shuningdek, muhojirlarga ularni vatanga qaytarilishdagi jarayonlarni tushuntirdi.

    “Mashina bitta fuqaroni olib ketmaydi, guruh tashkil qilinishi, kuzatuvchi qo‘yilishi kerak. Xavfsizlik ta’minlanadi, aeroportga kuzatiladi”.

    Tutqun muhojirlarning aksari ko‘rinishidan sog‘lom va baquvvat erkaklar, Rossiyaga ishlab pul topish ilinjida kelgan o‘zbekistonliklar.

    Non so‘rasak, berishmaydi...

    Muhojirlarni suhbatga tortdik: “Bu yerda sharoitlar qanaqa?”.

    “Non so‘rasak, berishmaydi. Kechki payt 5 da bir bo‘lak berishadi, bo‘ldi. Kun uzoq, kechqurun 10 gacha och qolamiz. Non beringlar deymiz, yo‘q, berishmaydi”, - nolishdi muhojirlar.

    “Hojatxona xonamizni ichida, 6 kishi bir xonada yotamiz. Kimdir hojatga kirsa, hidi xonani tutib ketadi. Haftada bir marta yuvingani olib chiqishadi. Ovqatlarni mazasi yo‘q. Ko‘pchilik kasal”, — deydi yana bir muhojir.

    Deportatsiya markazida muhojirlarning salomatligi yomonlashayotgani va ularga kerakli dori-darmonlar tanqisligini tashkilotchilar tasdiqladi.

    “Tadbirdan avval muassasa ma’muriyatidan kerakli dori-darmon vositalari ro‘yxati olindi va xayriya aksiyasi e’lon qilindi. Bizga zarur dori-darmon vositalarining ro‘yxati berilgandi. Yig‘ilgan mablag‘ga migrantlar uchun zarur bo‘lgan barcha narsalarni imkon qadar olib keldik”, - deydi yurist Botirjon Shermatov.

    Muhojir yigitlar bu sharoitlardan hech kimga shikoyat qila olmasligi, noligan taqdirda markaz xodimlari tomonidan kaltaklanishini aytishdi. Bu haqida yurist bilan fikrlashdik.

    “Afsuski, ularning kaltaklanayotganliklarini isbotlash muammo bo‘layapti”, deydi huquqshunos.

    Yig‘ilishda savol-javoblar avjiga chiqib, oshxonada biroz shovqin, tartibsiz vaziyat yuzaga keldi. Markaz xodimlarining muhojirlarga do‘q-po‘pisalarini ko‘rdik. Yig‘inni tezroq tugatishga undashdi va muhojirlarni turtib, oldilariga solib o‘z xonalariga olib ketishdi.

    Elchixonadan hujjat kelishi qiyin

    Oshxonaga yig‘ilgan 50 ga yaqin muhojirlar orasida birgina ayol o‘tiribdi. Ko‘rinishidan juda asabiylashgandi. Yoniga bordim: “Bu yerda yana ayollar bormi?”, deya so‘radim.

    “11 ta ayolmiz. Har bir xonadan bir kishini olib kelishdi bu yerga”, - dedi o‘zini Gulnoz deya tanishtirgan ayol.

    “Iltimos, ayollarimizga yordam beringlar! Biz-ku, erkaklarmiz, bir amallab chidaymiz. Ammo ayollar qiynalishayapti, ularni tezroq ketishiga yordam bering”, - elchixona rasmiylariga iltimos qildi muhojir erkaklar.

    “Qashqadaryo, qarshilikman. 42 kun bo‘ldi kelganimga. Elchixonaning hujjatiga qarab qoldim, berishi qiyin bo‘layapti”, - deydi Gulnoz.

    Faqat Gulnozmas, yig‘ilganlarning ko‘pchiligi elchixona tomonidan beriladigan shaxsni tasdiqlovchi hujjatning uzoq vaqtda kelishi va shu sabab ular oylab bu qamoqxonada yotishga majbur bo‘lishayotganliklarini aytdi.

    Aybdor ham bor, aybsiz ham...Markazda saqlanayotgan muhojirlar Rossiya hududida hujjatsiz yurgan o‘zbekistonliklar bilan bir qatorda nohaq kelib qolganlar ham borligini bildirishdi.

    “Mana bu yigitning kelganiga 1 haftagina bo‘lgan. Kelib ‘registratsiya’ qilgan, ushlaganda bazadan chiqmagan. Kim aybdor?” - deydi yoshgina yigitcha.

    “Bu soxta hujjatlarni ham o‘zimiznikilar qilib bizni aldashayapti, ularga nisbatan ham chora ko‘ringlar”, -deya rasmiylarga murojaat qildi yana bir kishi.

    O‘zbekistonlik yana bir muhojir yurtdoshi tomonidan qilingan soxta hujjat bois bu yerga tushib qolgani, patent qilish uchun sarflagan pullarga kuyganini aytib shikoyat qildi.

    “Aybsiz aybdorlarmiz-da. Hujjat qildikku pulga. Soxtaligini biz qayerdan bilamiz? O‘zimiznikilar bizni kuydirayapti”.

    Muhojirlar bilan ko‘p suhbatlasha olmadik, ammo barcha murojaatlarning mazmuni va xulosasi deyarli bir xil: muhojirlarni vaqtinchalik saqlash markazining sharoitlari yomonligi va ularni tezroq uyga qaytishiga yordam ko‘rsatish.

    Tadbirda ishtirok etgan O‘zbekistonning Moskvadagi elchixonasi vakili va Migratsiya agentligi vakolatxonasi rahbari Saidno‘mon Mansurov o‘zbekistonlik muhojirlarga yordam ko‘rsatilishini bildirdi.

    Tadbir tashkilotchilari tutqun muhojirlarga keltirilgan dori-darmon, oziq-ovqat va kiyim kechaklarni tarqatdi.

     

    18.08.2019, 10:40   Izoh (0)   57317
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda “Lyubaya biznes xorosha” MChJ ro‘yxatdan o‘tdi

    18.08.2019, 10:07

    O‘zini poyezd ostiga tashlab, buni videoga olgan bloger qilmishi sababini izohladi

    18.08.2019, 09:50

    “Maxsustrans” chiqindilarni qayta ishlash sohasida Qarag‘anda bilan hamkorlik boshladi

    18.08.2019, 09:12

    Mo‘g‘ulistondan keltirilayotgan go‘sht halolmi? “O‘zstandart” vakili javob berdi

    17.08.2019, 23:58

    O‘zbekistonda 2019-yilda 1 kilo terilgan paxta uchun necha pul to‘lanishi rejalashtirilayotgani ma’lum bo‘ldi

    17.08.2019, 23:13

    O‘zbekistonning Pekindagi elchixonasining yangi binosi foydalanishga topshiriladi

    17.08.2019, 22:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.