15-avgust kuni Namangan viloyati Chust tumani “Toymas” MFY, Sobir Rahimov ko‘chasi 56-uyda yashovchi fuqaro A.Ya.ning uyida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar beradi FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi.

Foto: FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi

Yong‘inga 2 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmasi jalb etilgan. Voqea joyiga yetib borgan yong‘in o‘chiruvchilarning tezkor harakatlari natijasida yong‘in bartaraf etilgan.

Yong‘in oqibatida yashash uyi oshxonasining 20 kvadrat metr maydonda tomi, shifti va ichki jihozlari yonib zararlangan. Yong‘in vaqtida uy egasi kuyish tan jarohati olgan. Fuqaro A.Ya. shifoxonaga yuborilgan.

Yong‘indan uyning 210 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘inni taxminiy sababi maishiy gaz ballonidan foydalanishda ehtiyotsizlik. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.