Britaniyaning Xilsboro shahrida yashovchi Ben Maskroft o‘z orzusini amalga oshira olmagani uchun 95 kilogrammga ozdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.

Foto: “Korrespondent.net”

176 kg vaznli britaniyalik azaliy orzusini amalga oshirishga  — Buyuk Xitoy devoriga chiqishga qaror qilgan, ammo samolyotdayoq noqulayliklarga duch kelgan. Chunonchi, xavfsizlik kamarini uzaytirishga to‘g‘ri kelgan, ko‘tarma stolcha esa uning qorni tufayli pastga tushmagan.

Foto: “Korrespondent.net”

Maskroft uchun eng katta ruhiy zarba Buyuk Xitoy devoriga zina orqali ko‘tarila olmagani bo‘ldi.

Foto: “Korrespondent.net”

Erkak uyga o‘z hayotini o‘zgartirish vaqti kelgani haqidagi fikr bilan qaytdi. U ozishni istovchilar uchun tashkil etilgan klubga a’zo bo‘ldi va katta muvaffaqiyatga erishdi. Maskroft 95 kilogrammga ozdi, yil odami maqomini qo‘lga kiritdi va o‘z juftini uchratdi.

Foto: “Korrespondent.net”

Endi Maskroft sevgilisi bilan birga Buyuk Xitoy devorini zabt etmoqchi.

Foto: “Korrespondent.net”