AQShning Virjiniya shtatining Enriko okrugida uy ostonalariga televizor qo‘yib ketayotgan noma’lum shaxs videoga olindi. Tjournal’ning yozishicha, uning o‘zi ham boshiga televizor kiyib olgan.
Qariyb 50 ta uy egalari ostonada televizor topib olgan. Ular noma’lum shaxsni “televizion Santa-Klaus” deb atagan. Shunday holat 1 yil avval — 2018-yilning avgustida qo‘shni okrugda ham sodir bo‘lgan. Unda qariyb 20 ta uy ostonasiga televizor tashlab ketilgan.
Mahalliy aholi buni zerikkan maktab o‘quvchilarining hazili deb qabul qilmoqda.
Izoh (0)