Britaniyaning Xilsboro shahrida yashovchi Ben Maskroft o‘z orzusini amalga oshira olmagani uchun 95 kilogrammga ozdi, deb yozadi “Korrespondent.net”.
176 kg vaznli britaniyalik azaliy orzusini amalga oshirishga — Buyuk Xitoy devoriga chiqishga qaror qilgan, ammo samolyotdayoq noqulayliklarga duch kelgan. Chunonchi, xavfsizlik kamarini uzaytirishga to‘g‘ri kelgan, ko‘tarma stolcha esa uning qorni tufayli pastga tushmagan.
Maskroft uchun eng katta ruhiy zarba Buyuk Xitoy devoriga zina orqali ko‘tarila olmagani bo‘ldi.
Erkak uyga o‘z hayotini o‘zgartirish vaqti kelgani haqidagi fikr bilan qaytdi. U ozishni istovchilar uchun tashkil etilgan klubga a’zo bo‘ldi va katta muvaffaqiyatga erishdi. Maskroft 95 kilogrammga ozdi, yil odami maqomini qo‘lga kiritdi va o‘z juftini uchratdi.
Endi Maskroft sevgilisi bilan birga Buyuk Xitoy devorini zabt etmoqchi.
Izoh (0)