9-avgust, juma kuni futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 2019/20-yilgi mavsum dastlabki turiga start berildi.

Foto: Twitter/@LFC

Shu kuni Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” klubi “Enfild”da “Norvich”ni sinovdan o‘tkazdi.

Uchrashuvning 7-daqiqasidayoq mehmon jamoa himoyachisi Grant Xenli avtogol muallifiga aylangan bo‘lsa, 19-daqiqaga kelib “mersisaydliklar” yetakchisi Muhammad Saloh raqib darvozasini ishg‘ol qildi (2:0). 28-daqiqada esa “Liverpul” himoyachisi Virjil van Deyk Saloh uzatmasini golga aylantirdi (3:0). 1-bo‘limning asosiy vaqti yakunlanishiga 3 daqiqa qolganda Divok Origi hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi (4:0).

2-bo‘limning 64-daqiqasida esa “Norvich” hujumchisi Teyemu Pukki hisobni qisqartirdi (4:1).

Shu tariqa Klopp jamoasi o‘z maydonida kechgan bahsda “Norvich”ni mag‘lub etib, Premyer liganing yangi mavsumini ishonchli g‘alaba bilan boshladi.

APL

1-tur bahsi

9-avgust, juma

“Liverpul”—“Norvich” 4:1

Gollar: 1:0 — 7, avtogol, Xenli, 2:0 — 19 Saloh, 3:0 — 28 van Deyk, 4:0 — 42 Origi, 4:1 — 64 Pukki

“Liverpul”: Alisson (Adrian, 39), Robertson, van Deyk, Aleksander-Arnold, Gomes, Fabinyo, Veynaldum, Henderson, Firmino (Milner, 86), Saloh, Origi (Mane, 74)

“Norvich”: Krul, Godfri, Aarons, Lyuis, Xenli, Shtipermann (Lyaytner, 58), Tribull (Ernandes, 70), Maklin, Kentuell, Buendia, Pukki (Drmich, 83)

Ogohlantirishlar: Lyaytner (60), Buendia (65)

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!