• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12589.35
    • RUB157.64
    • EUR14656.52
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +35°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Dunyo

    Fojialardan ibrat olmaydigan odamzot. Xirosima va Nagasaki fojialariga salkam 75 yil bo‘ldi

    XX asr! Insoniyat tarixida eng qonli, eng fojiali asr. Bu asrda bo‘lib o‘tgan ikki jahon urushi ortidan sodir bo‘lgan mislsiz vayronagarchilik, o‘n millionlab qurbonlar, AQSh—Vyetnam urushi, Sobiq Ittifoqning Afg‘onistonga bostirib kirishi, asr so‘ngida sobiq Yugoslaviyaning parchalanishi ortidan sodir bo‘lgan Bolqon fojialari — bular bir asr uchun juda ko‘plik qiladi. Eng yomon tarafi, bu mislsiz fojialar, jahon urushlari insoniyat taraqqiyotga erishib, kimlarningdir fikricha “o‘rta asrlar yovvoyiligidan qutulib, insoniyat yuksak madaniy taraqqiy etgan davr”da sodir bo‘ldi. XX asr fojialariga qarab, aynan urush chiqarish, vayronagarchilik “insoniyatning madaniy taraqqiy etishiga bog‘liq emas” degan fikr xayolga keladi. Sababi, bugun —  XXI asrning 19-yilida ham insoniyat harbiy xarajatlar uchun ko‘p mablag‘ ajratyapti. Hanuzgacha dunyo tinch emas.

    Ma’lumot o‘rnida, 2019-yilda dunyodagi barcha mamlakatlarning umumiy harbiy xarajatlari salkam 2 trillion dollarni tashkil etdi.

    XX asrning eng fojiali holati Ittifoqchilarning fashist Germaniyasi sherigi bo‘lmish Yaponiyaga urush e’lon qilish ortidan Osiyodagi imperiya urushda holdan toyib, mag‘lub bo‘lishi arafasida mamlakatning ikki shahrida tinch aholi ustiga AQSh harbiylari tomonidan atom bombasi tashlanishi bo‘lgan. Bugun o‘sha voqealarga 74 yil bo‘lyapti.

    Shu bahonada “Daryo” kolumnisti G‘ayrat Yo‘ldosh o‘sha mash’um voqealarni yodga oldi.

    * * *

    1945-yil 16-iyulda AQShning Nyu-Meksiko shtatidagi poligonda dunyodagi ilk atom bombasi sinovi muvaffaqiyatli o‘tkazildi. Portlash kuchi 21 kilotonna trotilga teng bo‘ldi.

    Xirosima.

    Xirosima.
    Foto: Google Photos

    O‘sha yili 24-iyulda Potsdam konferensiyasi doirasidagi uchrashuvda AQSh prezidenti Garri Trumen SSSR rahbari Stalinga AQSh dunyoni larzaga solishi mumkin bo‘lgan yangi qurol yaratganini aytdi.

    Trumen esdaliklarida yozishicha, o‘shanda Stalin uning yangi qurol haqidagi gaplariga e’tibor bermagan. Faqatgina qurolni yaponlarga qarshi qo‘llab, ularni tezroq yengib chiqish haqida gapirgan. O‘sha yerda bo‘lgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Cherchill esdaliklarida “Stalin Trumenning gaplarini yaxshi anglab yetmagani uchun uncha e’tibor bermagan edi. Men esa Trumenning yangi qurol haqidagi gapini yaxshi ilg‘ab qolgandim. Oradan biroz vaqt o‘tganidan keyin Yaponiyaning ikki shahriga o‘sha bombalardan tashlanganida u qurol atom bombasi ekanini bildik”, deb yozgan.

    Marshal Jukovning xotiralarida yozilishicha, Stalin hammasini diqqat bilan eshitgan, lekin suhbatdoshiga o‘zini o‘ta e’tirborsizday, masalani yaxshi tushunmaganday ko‘rsatgan. Buning isboti sifatida Jukov Stalinning Potsdam konferensiyasidagi Trumen bilan uchrashuv tugagandanoq yonidagi Molotovga “Kurchatovni tezlatish kerak” degani va Moskvaga qaytgan zahotiyoq huzuriga Kurchatovni chaqirib, ishlar qanday ketayotgani bilan qiziqqani haqida yozgan. Jukovning yozishicha, SSSR ayg‘oqchilari amerikaliklardan atom bombasi loyihasini allaqachon o‘g‘irlab kelib bo‘lgan edi va Kurchatov boshliq olimlar atom bombasi yaratish ustida ishlayotgan edi.

    SSSR ayg‘oqchilari zo‘r ishlagan. AQShdagi sovet razvedkasi ayg‘oqchilardan biri Teodor Xoll (SSSR razvedkasi bilan 1944-yildan hamkorlik boshlagan) hatto Potsdam konferensiyasidan bir necha kun oldin AQSh atom bombasi sinovini qachon o‘tkazishi haqida Moskvaga xabar yuborgan edi. Shu tufayli Stalin sir boy bermaslik uchun Trumenning yangi qurol haqidagi gaplarini “e’tiborsizlik” bilan eshitdi.

    1945-yil 25-iyulda prezident Trumen 3-avgust kuni Xirosima, Kokura, Niigata yoki Nagasaki shaharlari yo‘nalishidan birini tanlab, atom bombasini tashlash haqida buyruq berdi. Birdaniga bir nechta shahar ro‘yxati berilishining sababi, bir shaharda bomba tashlashga ob-havo xalaqit bersa, bomba ikkinchi shaharga tashlanishi reja qilingan.

    26-iyul kuni AQSh, Buyuk Britaniya va Xitoy hukumati Yaponiyani hech qanday shartlarsiz kapitulyatsiya qilish haqidagi Potsdam konferensiyasi deklaratsiyasini imzoladi hamda Yaponiya hukumatiga bu talabni yubordi.

    Foto: Google Photos

    27-iyul kuni Yaponiyadagi gazetalar va radiokanallar deklaratsiyadagi talab matni varaqalarga chop etilib, Yaponiya bo‘ylab samolyotlar orqali sochib chiqilgani haqida xabar tarqatdi.

    Yaponiya hukumati ultimatumni qabul qilmasligini, taslim bo‘lmasligini ma’lum qildi.

    28-iyulda Yaponiya bosh vaziri Kantaro Suzuki matbuot anjumanida Potsdam konferensiyasida qabul qilingan, Yaponiyaga taslim bo‘lish ultimatumi qo‘yilgan deklaratsiyani tan olmasligini ma’lum qildi. Imperator Xiroxito bosh vazirning qarorini o‘zgartirmadi. 31-iyul kuni Koiti Kido bilan telefon orqali muloqot chog‘ida u imperator hokimiyati har qanday vaziyatda munosib himoya qilinishi lozimligi haqida gapirdi.

    1945-yil 6-avgust kuni ertalab AQShning B-29 Enola Gay nomli bombardirovkachi samolyoti ekipaj komandiri polkovnik Pol Tibbets boshchiligida Yaponiyaning Xirosima shahriga Little Boy (“Kichik bola”) deb atalgan atom bombasini tashladi. Bu bombaning kuchi 13–18 kilotonna trotil ekvivalentiga teng edi.

    Oradan uch kun o‘tib, 1945-yil 9-avgust kuni Fat Man (“Baqaloq”) atom bombasi Nagasaki shahriga tashlandi. Bu bombaning kuchi 21 kilotonna trotil ekvivalentiga teng edi. Nagasaki shahriga atom bombasini uchuvchi Charlz Suini boshliq bo‘lgan B-29 Bockscar samolyoti tashladi.

    O‘shanda Xirosimada 166 ming kishi halok bo‘lgani manbalarda keltiriladi. Nagasakida 80 ming kishi halok bo‘lgan.

    AQShning mislsiz qurbonlar va vayronagarchiliklar keltirgan ikki atom bombasini tinch aholi ustiga tashlaganidan shokka tushgan Yaponiya bosh vaziri Kantaro Suzuki va Yaponiya tashqi ishlar vaziri Togo Sigenori zudlik bilan ittifoqchilarga Yaponiya so‘zsiz taslim bo‘lishga rozi ekani haqida xabar yubordi.

    1945-yil 15-avgust kuni Yaponiya taslim bo‘lgani e’lon qilindi. Shu tariqa Ikkinchi jahon urushi tugadi. Ammo Yaponiya taslim bo‘lgani haqidagi pakt 1945-yil 2-sentabrda imzolandi.

    AQSh Yaponiyaning ikki shahri ustiga tashlagan atom bombalari Tokio taslim bo‘lishini tezlashtirgan bo‘lsa-da, jahon afkor ommasining tanqidiga uchradi. Dunyo bo‘ylab juda ko‘plab taniqli insonlar AQShning bu ishini qattiq qoralab chiqadi, uni insoniyatga qarshi jinoyat deb baholadi.

    Xirosima dengiz sathidan biroz baland, Ota daryosining ikki sohili bo‘ylab joylashgan shahardir. Shaharda urushgacha 340 ming aholi yashagan. O‘shanda u aholi soni bo‘yicha Yaponiyaning yettinchi shahri edi.

    Shaharda Yaponiya janubini himoya qilishi lozim bo‘lgan Yaponiya armiyasining 5-diviziyasi va feldmarshal Syunroku Xati boshchiligidagi 2-asosiy armiya qo‘shinlari joylashgan edi. Shu jihatdan Xirosima Yaponiya armiyasi uchun mamlakat janubidagi muhim shahar edi.

    Xirosimada ham, Nagasakida ham uylar asosan 1–2 qavatli, tomi sopol bilan yopilgan uylar edi. Zavod va fabrikalar shahar tashqarisida edi.

    Xirosima.

    Xirosima.
    Foto: Google Photos

    Ikki shaharda ham ko‘chalar torligi, o‘t o‘chirish mashinalari yetishmovchiligi tufayli urushdan oldingi tinchlik zamonlarida ham turli sabablar bilan kelib chiqqan yong‘inlarni o‘chirish oson bo‘lmagan. Ikki shaharga bomba tashlanishi ortidan katta yong‘in paydo kelib chiqdi. Portlash natijasida paydo bo‘lgan to‘lqin yong‘inni battar kuchaytirdi. Shu tariqa, ikkala shahar ham kuyib kul bo‘ldi va katta kultepaga aylandi.

    Trumen birinchi bombani Xirosima, Kokura yoki Nagasakiga 3-avgustda tashlashga ko‘rsatma bergan bo‘lishiga qaramay, bomba 6-avgust kuni tashlanishining sababi havo o‘sha kunga qadar bulutli bo‘ldi, shu tufayli Trumenning buyrug‘ini bajarish uch kun orqaga surildi.

    509-aviatsiya aralash polki komandiri polkovnik Pol Tibbets nazoratidagi B-29 bombardimonchi samolyoti Xirosimadan 2500 kilometr uzoqda joylashgan Tinian orolidan uchgan edi. Uni Xirosimagacha uchta razvedkachi, ikkita nazoratchi va bitta zaxira samolyoti, jami oltita samolyot qo‘riqlab borgandi. Ilk atom bombasi Xirosimaga emas, Kokura yoki Nagasakidan biriga tashlanishi ham mumkin edi. Bu ikkita shaharga oldinroq jo‘natilgan ikki razvedkachi samolyot komandirlari bu shaharlar osmonini bulut qoplaganini ma’lum qildi. Xirosimaga uchgan razvedkachi samolyot komandiri Mayor Izerli Xirosima osmoni ochiq ekani haqida xabar berdi. “Bomba birinchi nishonga tashlansin” degan buyruq berildi; bomba Xirosimaga tashlandi.

    Ertalab soat sakkizlarda Yaponiya radarlari mamlakat tomonga qarab uchib kelayotgan bir nechta AQSh samolyotlarini payqadi. Havo trevogasi e’lon qilindi. Oradan biroz o‘tib, AQSh samolyotlari uchta ekani aniq bo‘lgach, havo trevogasi bekor qilindi. Bu paytda AQShning uchta razvedkachi samolyoti asosiy guruhdan uzilib, uch shahar — Xirosima, Kokura va Nagasaki osmoni holatini bilish uchun alohida uchib ketgan edi.

    Yaponiya harbiylari yoqilg‘i tejash maqsadida havoga, AQSh samolyotlari ro‘parasiga samolyot chiqarmadi va odatdagiday radio orqali aholini bomba hujumidan pana joylarga bekinishga ogohlantirdi.

    Mahalliy vaqt bilan soat sakkizdan sal o‘tib B-29 9 kilometr balandlikdan atom bombasini pastga tashladi. Bomba yerga yetmasdan 500 metr balandlikda portladi.

    Bomba portlashi oqibatida havoda kuchli gumburlash va chaqin sodir bo‘ldi, yerga judayam kuchli issiq shamol yo‘naldi. Issiq shamol soniyalar ichida yerga yetib borganda uylarning yonayotgan qismi o‘t oldi. Oynalar avvaliga sinib to‘kildi, so‘ng erib oqdi. Epitsentrdan 2 kilometr radius atrofidagi odamlar issiqning kuchliligidan ko‘mirga aylanib qoldi. Portlash kuchi shunchalik ediki, uning to‘lqini epitsentrdan 19 kilometrgacha bo‘lgan masofadagi oynalarni sindirib yubordi.

    Portlashdan ikki daqiqa o‘tib butun shahar olov ichida qoldi. Portlash oqibatida yuzaga kelgan to‘lqinning tezligi sekundiga 50–60 metr tezlikda bo‘ldi va bu olovni battar kuchaytirib yubordi. Epitsentrdan uzoqroqda bo‘lgan ko‘plab ayollar, bolalar, qariyalar yong‘indan qochishga ulgurmay halok bo‘ldi.

    Foto: Google Photos

    Atom bombasi portlashidan bir necha kun o‘tib, yapon tibbiyot xodimlari nurlanishning ilk simptomlarini aniqladi. Odamlar orasida qo‘rqinchli kasallik haqida vahima tarqaldi. Portlashdan omon qolgan odamlar endi kuchli nurlanishdan halok bo‘la boshladi.

    Nagasakining taqdiri ham Xirosimanikiday bo‘ldi. Xirosimadan kichikroq bu shahar ikki kichik daryosi bor ikki vodiyda joylashgan, shaharni ikki vodiy o‘rtasidagi kichik tog‘ tizmasi ikkiga ajratib turar edi.

    Shahar Ikkinchi jahon urushida Yaponiya harbiylari uchun muhim nuqta sanalar edi. Shahardagi port ham muhim edi. Shuningdek, bu shaharda Yaponiya armiyasi uchun harbiy texnika ishlab chiqargan Mitsubishi zavodlari bor edi. Bundan tashqari, shaharda boshqa ko‘pgina harbiy anjomlar va harbiy kemalar ishlab chiqarilgan.

    Nagasaki shahri atom bombasi tashlangunga qadar jiddiy hujumga uchramagan va vayron bo‘lmagan edi. Shaharda atom bombasi tashlanishi arafasida 200 ming odam bo‘lgan. AQSh harbiylari Nagasakiga atom bombasi tashlashni 11-avgustga mo‘ljallagan edi. Ammo metereologlar 10-avgustdan bulutli havo boshlanishini ma’lum qilganidan so‘ng Nagasakiga bomba tashlash rejasi ikki kun oldinga surildi.

    Atom bombasi tashlash Xirosimada qanday amalga oshirilgan bo‘lsa, Nagasakida ham shu taxlit amalga oshirildi. Mayor Charlz Suini boshchiligidagi B-29 Tinian orolidan havoga ko‘tarildi. Bu safar B-29 ga bitta zaxira va ikkita razvedkachi samolyot hamrohlik qildi.

    Oldinroqdan harakat qilgan razvedkachi samolyotlarning biri Kokuradan, biri Nagasakidan shaharlar osmoni biroz bulutli ekani, ammo bu bomba tashlash uchun xalaqit bermasligini ma’lum qildi.

    B-29 avvaliga Kokura yo‘nalishi bo‘ylab harakatlandi. Ammo yo‘lda bulut to‘piga duch kelib, tavakkal qilishni xohlamadi va yo‘nalishni Nagasakiga qarab o‘zgartirdi.

    Mahalliy vaqt bilan soat 10:56 da Nagasakiga yetib kelgan B-29 shaharni bulut bilan qoplangani ustidan chiqdi. Suini shahar obyektlarini aniqroq ko‘rish uchun samolyotni biroz pastlatdi. Shunda uning yordamchisi Kermit Bixan shahar stadionini ilg‘ab qoldi, shundan so‘ng bomba pastga tashlab yuborildi. Buyog‘i Xirosimada qanday bo‘lgan bo‘lsa, shu tarzda sodir bo‘ldi.

    Nagasaki.

    Nagasaki.
    Foto: Google Photos

    Portlash yerdan 500 metr tepada sodir bo‘ldi. Kuchli ovoz va chaqnash, ortidan selsiy bo‘yicha ming gradusdan oshiq issiq to‘lqin pastga — shaharga yopirildi. Epitsentr atrofidagi 2000 metr radiusda bo‘lgan tirik jonning hammasi ko‘mirga aylandi. Shaharni kuchli yong‘in qopladi; qolganlar yong‘in ichida qolib halok bo‘ldi. Portlash kuchi 21 kilontonnaga yetgan edi.

    Urush tugadi. Yaponiya mag‘lub bo‘lib, g‘oliblarga kompensatsiya to‘ladi. Mamlakat tinch rivojlanishga o‘tdi. Xirosima va Nagasaki ham qayta tiklandi. Ammo bu ikki shaharda tashlangan atom bombalaridan meros bo‘lib yuqori radiatsiya ta’siri saqlanib qoldi. Uzoq yillar bu shaharlarda kasalliklar, bolalarning radiatsiya yuqoriligi tufayli nogiron tug‘ilishi holatlari davom etdi.

    Bugungi Nagasaki.

    Bugungi Nagasaki.
    Foto: The Guardian

    Shu ikki bomba tufayli Yaponiya og‘ir fojia va vayronagarchilikni boshidan o‘tkazgan bo‘lsa ham, jahon afkor ommasi bundan yetarlicha xulosa chiqarmadi. 1945-yilda atom bombasi faqat AQShda bo‘lsa, oradan 2–3 yil o‘tib SSSR ham bunday bombaga ega bo‘ldi. 1950-yillar boshida Buyuk Britaniya, so‘ng Fransiya ham shunday qurolga ega bo‘ldi. 1960-yillarda Xitoy, Hindiston, Pokiston, Isroil, KXDR o‘z yadro qurollarini ishlab chiqdi.

    Mavzuga doir:

    Yadro quroli kimlarda bor? Kimda ko‘proq?

    O‘tgan asrning 50-yillaridan boshlab 90-yillarigacha Yer yuzida mingdan oshiq yadro quroli sinovi o‘tkazildi. Bugun yadro quroliga ega bo‘lgan davlatlarning qurolni sinovdan o‘tkazish va unga ega bo‘lish uchun qilgan umumiy xarajatlarini hisoblasa, nechadir yuz milliard dollardan oshib ketadi. Birgina Xitoyning o‘zi fizika-yadro laboratoriyalari, uranni boyitish zavodi, yadro qurolini sinovdan o‘tkazish poligonini qurish va kerakli mutaxassislarni o‘qitib tayyorlash va nihoyat yadro qurolini sinovdan o‘tkazish uchun o‘tgan asrning 60-yillarida qariyb 10 milliard dollar xarajat qilgan edi. Endi qurol arsenallari tarkibida minglab atom bombalari va boshqa yadro qurollarini ishlab chiqarib saqlayotgan AQSh va Rossiyaning bu sohada qilgan va qilayotgan xarajatlarining hisobi yo‘q.

    Bugungi Xirosima.

    Bugungi Xirosima.
    Foto: The Guardian

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin.

    09.08.2019, 16:14   Izoh (0)   90296
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Ovoz” ogohlantirildi: loyihada Sherali Jo‘rayev qo‘shig‘i bo‘yicha mualliflik huquqi buzilgan

    O‘zbekiston | 12 avgust, 19:13

    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi

    Reklama | 12 avgust, 18:00

    Argentinada Netanyaxuni mamlakatga kelgan taqdirda hibsga olish so‘ralmoqda

    Dunyo | 12 avgust, 19:10

    “Kalmar o‘yini: Amerika” serialining suratga olish ishlari dekabr oyida boshlanadi

    Kino | 12 avgust, 19:00

    “Manchester Siti” 120 mln yevrolik futbolchi xarid qiladi

    Sport | 12 avgust, 18:55

    O‘zbekistonda sug‘oriladigan yerlarning 50 foiziga suv tejovchi texnologiyalar joriy etilgani maʼlum qilindi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 18:52

    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov

    Reklama | 12 avgust, 16:30

    “Apple monopoliyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi qonunlarni buzmoqda” — Ilon Mask

    Dunyo | 12 avgust, 18:50

    “Dunyo sadolari”ga kelayotgan qo‘shiqchi Arash o‘zbekistonlik tadbirkordan 25 ming dollar qarzdor. U javobgarlikka tortiladimi?

    O‘zbekiston | 12 avgust, 18:40

    Toshkentning ayrim ko‘chalarida tezlikni 80 km/soatgacha oshirish taklif qilindi

    O‘zbekiston | 12 avgust, 18:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.