Respublika Gidrometeorologiya markazining xabar berishicha, 2-avgust kuni Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 23—25, kunduzi 38—40 daraja issiq bo‘ladi, deb yozadi O‘zA.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo‘ladi, ba’zi joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ayrim joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22—27, kunduzi 30—35 daraja issiq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23—28, kunduzi 36—41 daraja issiq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 22—27, kunduzi 36—41 daraja issiq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 23—28, kunduzi 36—41 daraja, ayrim joylarda 43 darajagacha issiq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, ayrim joylarda o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 20—25, kunduzi 36—41 daraja issiq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Ba’zi joylarda shamolning tezligi sekundiga 15—20 metrgacha kuchayishi mumkin. Kechasi 15—20, kunduzi 27—32 daraja issiq bo‘ladi.
Izoh (0)