Samarqand viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi navbatchi dispetcherlik xizmatiga 2019-yil 30-iyul kuni soat 15:23 da Samarqand shahar Sartepa maskani 78-uy, 19-xonadon egasi S.F. tomonidan xonadon eshigi qulflanib qolganligi, uy ichida 2 yoshli qizchasi va kasal yotgan bemor onasi qolib ketganligi to‘g‘risida xabar kelib tushdi, bu haqda Zarnews xabar qiladi.
Xabarga asosan FVB xodimlari voqea joyiga zudlik bilan yetib borgan.
Qutqaruvchilar xonadon eshigini ochib berib, qizcha va qariyaga yordam ko‘rsatdi.
Izoh (0)