• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +37°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Street law targ‘ibot guruhi: O‘zbekiston ko‘cha va bozorlarida marixuana targ‘ib etilyapti

    Ko‘ngillilardan tashkil topgan Street law targ‘ibot guruhi ko‘cha va bozorlarda marixuana targ‘iboti amalga oshirilayotgani haqidagi fikr-mulohazalarini “Daryo”ga taqdim etdi. Quyida maqola to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Street law targ‘ibot guruhi

    Foto: Street law targ‘ibot guruhi

    Aynan 26-iyun kuni giyohvandlikka qarshi targ‘ibotlar o‘tkazamiz, OAV o‘sha kuni giyohvandlikka qarshi ko‘rsatuv va videoroliklar bilan “qiziqdi”, xalqaro brifing, elchilar guvohligida tonnalab zahri qotil yo‘q qilinadi.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi: “Amudaryoning narigi tomonida tonnalab og‘u yetishtirilayotgan, O‘zbekiston xalqaro narkotrafik yo‘nalishlar ustida joylashgan bir paytda, jamiyatimiz ayniqsa yoshlarni narkotik va giyohvandlik vositalari targ‘ibotidan himoya qilishda huquqiy asoslarimiz yetarlimi?”.

    Biz faqat 26-iyun kuni giyohvandlikka qarshi kurashayotgan bir paytda, qolgan 364 kun ko‘cha va bozorlarimizda giyohvandlik vositalari reklamasi ochiqchasiga davom etmayapti.

    Siz bu kiyimlarni har kuni ko‘chalarda, bozorlarda ko‘rgansiz. Ehtimol kiyib ham yurgandirsiz. Bu narkobaronlar buyurtmasi, mashhur dizaynerlarning innovatsion targ‘ibot mahsuli. Bugun aynan shu bilan chetdan turib marixuana barglarini xohlagan usulda targ‘ib etmoqda. Ishonmasangiz, Google yoki Yandex xalqaro qidiruv portaliga murojaat qiling.

    Butun dunyoda bu kabi giyohvandlikni yashirin targ‘ib etuvchi maxfiy axborot xurujlariga qarshi kurashning huquqiy asoslari kafolatlanmoqda.

    Misol uchun, Rossiya Federatsiyasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksining 6.13-moddasiga ko‘ra, narkotik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar, narkotik o‘simliklar reklamasi uchun 400 mingdan 500 ming rublgacha (5 480 000-6 850 000 so‘m), yon qo‘shnimiz Qozog‘istonda esa 400 000 tenge (9 100 000 so‘m) miqdorda jarimaga sabab bo‘ladi.

    Bizda-chi? Giyohvandlik moddalar reklamasi va vositalari (kiyim-bosh, o‘yin, suvenir va boshqalar) uchun javobgarlik belgilanganmi? Afsuski yo‘q.

    Faqatgina, O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunining 23-moddasida tamaki, tamaki mahsulotlari va alkogolli ichimliklarning nomi, tovar belgisi tushirilgan tovarlarni (futbol maykalari, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqa shu kabilarni) tarqatish, shu jumladan sotish) taqiqlangan.

    O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksning 56-moddasida esa giyohvandlik vositalari, ularning analoglarini yoki psixotrop moddalarni oz miqdorda g‘ayriqonuniy ravishda tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki jo‘natish uchun javobgarlik belgilangan.

    Vaholanki, giyohvandlik vositalari inson salomatligi, jamiyat genofondi uchun tamaki va alkogol mahsulotlaridan ko‘ra zararli va o‘ta xavfli hisoblanadi.

    Foto: Street law targ‘ibot guruhi

    Foto: Street law targ‘ibot guruhi

    Taklif 

    “Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi Farmon ijrosi bo‘yicha yoshlarga o‘z huquqlarini himoya qilishning amaliy mexanizmlarini o‘rgatish, zarur hollarda amaliy takliflar berish maqsadida Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan huquqshunoslikka ixtisoslashtirilgan oliy ta’lim muassasalari talabalari, Navoiy yuridik kolleji o‘quvchilari, nodavlat tashkilotlar vakillaridan iborat ko‘ngillilar (volontyor)dan tashkil topgan Street law (Ko‘cha huquqi — oddiy huquq) guruhi tomonidan taklif etiladi:

    Birinchidan, O‘zbekiston Respublikasi “Reklama to‘g‘risida”gi Qonuniga “Giyohvandlik va giyohvandlik o‘simliklari, giyohvandlikni targ‘ib etuvchi vositalar reklamasi” moddasini kiritish.

    Unga ko‘ra:

    Giyohvandlik, giyohvandlik o‘simliklari, vositalari nomi, tovar belgisi yoxud tasviridan foydalanadigan tadbirlarga homiylik qilish;

    Giyohvandlik, giyohvandlik mahsulotlari, o‘simliklari va belgisi tushirilgan tovarlarni (kiyim-bosh, suvinerlar, o‘yinlar va boshqa shu kabilarni) tarqatish, reklama qilish, shu jumladan sotish;

    Jamoat joylarida hamda boshqa joylarida giyohvandlik, giyohvandlik vositalari nomi, tovar belgisi yohud tasvirlari, nomlarini va ular haqidagi boshqa axborotni o‘rnatishni taqiqlash;

    Ikkinchidan, O‘zbekiston Respublikasi “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi Kodeksiga “Giyohvandlik va giyohvandlik o‘simliklari, uni targ‘ib etuvchi vositalar reklamasi uchun javobgarlik”moddasi kiritilsa;

    Uchinchidan: Giyohvandlik va giyohvandlik vositalariga qarshi mamlakatimizda yilda ikki marta o‘tkazilayotgan “Qora dori” maxsus operatsiyasidan tashqari, doimiy ravishda jamoat joylarida giyohvandlik, giyohvandlik vositalari nomi, tovar belgisi yoxud tasvirlari tushirilgan mahsulotlarga qarshi “Yashirin og‘u” reydlari tashkil etilsa;

    Shundagina, yoshlarimizni narko olamning yashirin targ‘iboti, “ommaviy madaniyat”ning zararli tegirmoniga suv quyishdan saqlab qolamiz.

    Hatto markaziy televideniyelarda yozgi oromgoh, kechki sayrlar, bozorlar bilan bog‘liq lavhalarda aynan marixuana belgisi tushirilgan kadrlardan ehtiyot bo‘lamiz.

    Ko‘chalar, bu – jamiyat oynasi. Agar loqayd bo‘lmasak, sergak bo‘lsak, bu ko‘chalar bizga jamiyatdagi “puls” haqida xolis xabar berib turaveradi.

    29.07.2019, 16:21   Izoh (0)   28790
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Navoiyda o‘z mijozlarining millionlab pullarini noqonuniy o‘zlashtirgan bank xodimiga hukm o‘qildi

    29.07.2019, 15:57

    Abituriyentlar diqqatiga: Tibbiyot oliygohlariga o‘qishga tavsiya etilgan abituriyentlar tibbiy ko‘rikdan o‘tolmasa, o‘qishga qabul qilinmasligi mumkin

    29.07.2019, 15:22

    Elektr energiyasi vaqtida yetkazib berilmagan taqdirda kompensatsiya to‘lash mexanizmi ishlab chiqilmoqda

    29.07.2019, 15:20

    Andijondagi ko‘zbo‘yamachilikda aldanib, bir umrga Rossiyaga ketishga qaror qilgan ayol o‘z joniga qasd qilishga urindi

    29.07.2019, 15:06

    Toshkentda Tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 25 ming dollar olgan qashqadaryolik shifokor ushlandi

    29.07.2019, 15:05

    O‘zbekistonda xorijiy OTMlar diplomlarini nostrifikatsiya qilish soddalashtirilmoqda

    29.07.2019, 14:56
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Putin Trampdan Ukrainaning bosib olingan hududlarini tan olishni talab qilmoqchi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 15:05

    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi

    Reklama | 8 avgust, 15:00

    “PSJ” darvozaboniga “Manchester Siti”, “Chelsi” va “Bavariya” qiziqish bildirmoqda

    Sport | 8 avgust, 15:04

    Qo‘l ostidagi xodimlariga quldek munosabatda bo‘ladigan takabbur mashhurlar

    Shou-biznes | 8 avgust, 14:53

    Putin Shavkat Mirziyoyevga AQSH prezidenti maxsus vakili bilan muzokaralari asosiy natijalarini aytdi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 14:33

    Yevropa aeroportlarda suv olib o‘tish taqiqi bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 8 avgust, 14:21

    Jennifer Lopes konsertidan so‘ng Armanistondagi stadion maydoni yaroqsiz holga keldi

    Sport | 8 avgust, 13:49

    Sun’iy intellekt yordamida 1 yil oldin bedarak yo‘qolgan sayyoh jasadi topildi

    Dunyo | 8 avgust, 13:45

    Beeline kunlik abonent to‘lovi bo‘yicha Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmasini bajardi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 13:22
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.