• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12768.26
    • RUB162.63
    • EUR14400.04
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Andijondagi ko‘zbo‘yamachilikda aldanib, bir umrga Rossiyaga ketishga qaror qilgan ayol o‘z joniga qasd qilishga urindi

    Andijon viloyati hokimligi vakillari ijtimoiy himoyaga muhtoj bir necha ayolga yangi qurilayotgan kottejlardan berilishini aytgan, Prezidentning may oyida Andijonga tashrifi yakunlangach ayollar kottejlardan chiqarib yuborilgandi. Bosh prokuratura tomonidan ko‘zbo‘yamachilik deb topilgan ushbu hodisadan keyin jabrlangan ayollardan biri, tikuvchi Muyassar Rahimova “Daryo”ga bergan intervyusida Rossiyaga butun umrga ko‘chib ketmoqchi bo‘lganini aytgandi. Intervyu olinib, u “Daryo”da e’lon qilinguncha bo‘lgan muddatda, ya’ni 23-iyul kuni Muyassar Rahimova o‘z joniga qasd qilishga uringan. “Daryo” muxbiri ayolning o‘z joniga qasd qilish sabablarini o‘rganish uchun qilgan suhbatida Muyassarxon Rahimova “Hammani qaqshatib, bolalarni ko‘chaga qo‘yib qurilayotgan Andijon City’ning kimga keragi bor edi”, degan savolni o‘rtaga tashladi.

    Muyassar Rahimova.

    Muyassar Rahimova.
    Kadr: “O‘zbekiston 24”

    O‘zbekiston Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining “Daryo”ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, 23-iyul kuni soat 20:00 larda Andijon shahrida yashovchi Muyassarxon Rahimova oila a’zolari bilan o‘zaro kelishmovchilik natijasida, o‘zini yomon his qilib “diazolin”, “glitsirin” va boshqa dori vositalarini iste’mol qilib zaharlanish tashxisi bilan Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Andijon filialiga yotqizilgan. Shifokorlar tomonidan unga dastlabki tez tibbiy yordam ko‘rsatilib, ichki a’zolari zaharlanishdan tozalanib, shu kunning o‘zida yashash xonadoniga ruxsat berilgan. Hozirda Rahimovaning zaharlanganligi holati yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

    Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Andijon filiali toksikolog-shifokori Nurbek Hojimatovning aytishicha, Rahmonova 23-iyul kuni 19:38 da toksikologiya bo‘limiga tez tibbiy yordam orqali qabul qilingan. Psixiatrop dorilarni me’yoridan ortiq miqdorda qabul qilib, o‘z joniga qasd qilgan. Toksik koma holatida markazga qabul qilingan. Birinchi yordam ko‘rsatilib, oshqozoni yuvilgan, infuzion, dezintoksikatsion va simptomatik davolar qilingan. Bemor vaqtida markazga keltirilgani va tibbiy muolajalar o‘z vaqtida qilingani uchun tirik qolgan. Bemor hushiga kelib, sog‘ligi me’yoriga kelgandan so‘ng, o‘zining xohishiga ko‘ra muolajani davom ettirishni istamagani uchun 24-iyul kuni yashash uyiga javob berilgan. Unga salomatligini yanada tiklab olish uchun muolajani davom ettirish tavsiya etilgan.

    O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbot xizmati “Daryo”ga bergan ma’lumotiga ko‘ra, Muyassar Rahimova onasi bilan janjallashib, ruhiy zo‘riqish sababli o‘zi muntazam iste’mol qiladigan dorilarni me’yoridan ortiqcha ichgan.

    Rahimova o‘z joniga qasd qilish sababini quyidagicha izohladi: “Yashashga kuchim yetmayapti shekilli, charchadim. Sobiq turmush o‘rtog‘im ‘Qizimni Rossiyaga olib ketib qolar ekan’, deb qizim uchun zarur bo‘lgan hujjat ishlarini qilib bermayapti, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini olvolgan, ‘Qizni tashlab, qayerga chiqib ketsang, ketaver’ deyapti. Bolalarimdan ayrilib qolishdan qo‘ryapman. Qolib qololmayapman, ketib ketolmayapman”.

    Uning aytishicha, dorilarni ichib, o‘z joniga qasd qilgan vaqtda onasi kelib qolgan. Tez tibbiy yordam mashinasi olib ketgan va bir kun koma holatida bo‘lgan. Shundan so‘ng, Andijon shahar prokuraturasi qasd qilish holatini o‘rganish bo‘yicha surishtiruv boshlagan.

    — Andijon shahar prokuraturasidan “Nima sababdan dori ichdingiz, nima uchun ijara uyda o‘tiribsiz kabi masalalarga aniqlik kiritish uchun sizni chaqirtiramiz”, deyishdi. Ularga viloyat hokimidan so‘rasanglar nimaga ijara uyda o‘tirganimni, nima uchun ko‘chada qolganimni, shu ahvolga tushganimni aytadi, dedim, — deya ta’kidladi u.

    Rahimovaning Rossiyaga ketishi haqida internet-nashrlarida xabar tarqalgandan so‘ng u ishlagan sexning kadrlar bo‘yicha sobiq bo‘lim mudiri Mavluda ismli ayol va mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari kelib, u haqida surishtiruv olib borishgan. Bu ishlardan u qo‘rqayotganini bildirdi.

    — Mavluda opa uyimizga kelib, onamdan “Mashinada ketasizlarmi yoki samolyotdami, necha kishi ketyapsizlar” deb surishtiribdi. U Andijon shahar uy-joy bo‘limiga boshliq bo‘lib qolibdi. Bularni hammasi nayrang. Mavluda opani hamma ishda ayblab bo‘shatishdi-yu, uy-joy bo‘limiga boshliq qilib qo‘yildi. Onamga ‘boshlang‘ich to‘lov puli bilan kelinglar, navbatsiz uy olib beraman, meni rahbar qilib qo‘yishdi, endi hamma narsaning ilojisi bor’, debdi. Ulardan keyin mahalla fuqarolar yig‘ini xodimlari ham kelib, kim qayoqqa ketayotgani haqida so‘rabdi. Bular menga to‘siq qo‘yib, chiqarib yubormasligi ham mumkin”, — dedi u.

    Prezident Shavkat Mirziyoyevning viloyatga tashrifi chog‘ida Andijon City’ni qurish rejasi namoyish qilingan edi. Rahimovaning ma’lum qilishicha, Andijon City tushadigan joyda turmush o‘rtog‘i bilan sotib olgan uyi bo‘lgan va u yerda bolalari bilan ro‘yxatda turgan. Turmush o‘rtog‘i bilan ajrashgandan so‘ng, u uydan chiqib ketishni istamagan. Lekin viloyat xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Manzura Yunusova bir haftada kottejga ko‘chirib qo‘yaman, deb uyni bo‘shattirgan. Hozir o‘sha uy Andijon City qurilishi uchun buzib tashlangan. Buzib tashlangan uy o‘rniga hokimlik tomonidan berilgan kottejda Rahimovaning sobiq eri shar’iy nikohdagi uchinchi xotini bilan yashab kelmoqda. Bu orada Rahimova hokimlik vakillari gapiga ishonib uysiz qolgan.

    “Hammani qaqshatib, bolalarni ko‘chaga qo‘yib qurilayotgan Andijon City’ning kimga keragi bor edi? Yashab yuruvdik, kichkina uy bo‘lsa ham boshpanamiz bor edi. Bunaqa holatga tushgan bitta men emasman, qanchadan-qancha oilalar shunaqa qiynalib yuribdi. Chiroyli uylar bersa ham, bu noshukrlik qilyapti, deb o‘ylarsizlar. Uyni bergani bilan tekinga bergani yo‘q-ku. Bizning uyimizni bo‘shatib olib, kreditga uy taklif qilyapti. Summani kimdir to‘lay oladi, kimdadir imkoniyat yo‘q. Mendan oldin ham to‘rtta bolali ayolga katta va’dalarni berib, uydan chiqarishgan ekan. Bechora sarson yuribdi. Omborxonada yashab yuruvdilaring, deb gapirishni bilishadi. Bu darajada ko‘chaga odamlarni chiqarib qo‘yib, qurayotgan uyining kimga keragi bor?!”

    29.07.2019, 15:06   Izoh (0)   96687
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Tibbiyot akademiyasiga o‘qishga kiritib qo‘yish evaziga 25 ming dollar olgan qashqadaryolik shifokor ushlandi

    29.07.2019, 15:05

    O‘zbekistonda xorijiy OTMlar diplomlarini nostrifikatsiya qilish soddalashtirilmoqda

    29.07.2019, 14:56

    “Hududiy elektr tarmoqlari”: Bunchalik darajada elektr energiyaga talab oshib ketishiga tayyor emas edik

    29.07.2019, 14:44

    OTMlarga kirish imtihonlari sabab Farg‘onadagi bir qator ko‘chalar vaqtincha yopiladi

    29.07.2019, 14:00

    Qarshida bir fuqaroning Nexia va Matiz avtomobillari yonib ketdi (foto)

    29.07.2019, 13:55

    Majid Karimov: O‘zbekistonda bu yil abituriyentlardan 53 mlrd so‘m to‘plandi

    29.07.2019, 13:45
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    2025-yilning 5 oyi davomida Mobiuz minglab tayanch stansiyalarini ishga tushirdi va texnik infratuzilmani zamonaviylashtirdi


    MKBANK xalqaro moliya bozorida: Qozog‘iston banklaridan 15 million dollar jalb qilindi


    Octobank bankomatlarni BS/2 bilan birga “aqlliroq” qiladi


    Centrum Air yangi Airbus A320neo — aviaparkidagi to‘qqizinchi samolyotni qabul qilib oldi 


    Sistit — bu uyat emas!


    “Biznesni rivojlantirish banki” biznes uchun qulay innovatsion bank bo‘lishga intilmoqda


    “O‘zbekinvest” IUA aʼzosiga aylandi va Londonning global sug‘urta bozorida o‘z mavqeini mustahkamladi


    Ipoteka Bank OTP Group o‘zini o‘zi band qilganlarga yangi ipoteka dasturini ishga tushirdi: hujjatlarsiz, asabbuzarliksiz, samarali natijalar bilan


    Xon Saroy tomonidan an’anaviy “Mening orzuyimdagi uy” rasmlar tanlovi boshlandi 


    LUKOIL: yosh iste’dodlar ovozi katta sahnada yangradi


    Abadiy ishonchlilik va xavfsizlik: GWM sohaning yangi standartlarini joriy etmoqda


    ANORBANK va BS/2 O‘zbekistonda banklarda o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish tarmog‘ini kengaytirmoqda


    Chery gazga o‘tmoqda: kafolat to'liq saqlanib qolinadi, o‘rnatish esa 31 maygacha bepul! 


    UZTELECOM 10 Gbit/s tezlikdagi uy internetini foydalanuvchilarga taqdim etdi


    So‘zlar ahamiyatga ega: TBC Bank 8-mart tabriklarini pullarga aylantirib, ayollar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatladi

     

    Tavsiya etamiz

    Gitlerdan so‘ng eng mashhur natsist – dorga osilgan Ribbentropning ayanchli taqdiri

    31 may, 19:25

    “Ikki xonali uy uchun 715 mln so‘mdan”. “Daryo”dagi maqoladan so‘ng poytaxt hokimligi uysiz qolgan aholiga xonadon sotib olish uchun mablag‘ ajratdi

    28 may, 21:15

    Budapesht fasadlari: sanʼat ko‘chada yashaydi (foto)

    27 may, 10:00

    Gestapo va KGB xizmatida bo‘lgan buxorolik “Shtirlits”

    26 may, 19:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Pokiston va Afg‘oniston chegarasida ISHID yetakchisidan biri ushlandi

    Dunyo | 1 iyun, 18:25

    Rossiyaning yadroviy qurol tashiydigan samolyotlari saqlanayotgan aerodromlar yalpi hujumga uchradi

    Dunyo | 1 iyun, 17:41

    Fransiyada “PSJ” g‘alabasidan keyingi tartibsizliklarda ikki kishi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 1 iyun, 17:30

    “Manchester Siti” “PSJ” futbolchisi uchun da’vogarlik qilmoqda

    Sport | 1 iyun, 17:10

    Rossiyada ayrim migrantlarga rus tili imtihoni bekor qilinishi mumkin

    Dunyo | 1 iyun, 17:00

    Buyuk Britaniya AQSHdan qo‘shimcha F-35 yadroviy qiruvchilarni sotib oladi

    Dunyo | 1 iyun, 16:25

    Jarima ballari, talabalarga maxsus stipendiya, vizasiz rejim: 1-iyundan kuchga kirgan asosiy o‘zgarishlar

    O‘zbekiston | 1 iyun, 15:42

    Antoni faoliyatini Bundesliga grandi safida davom ettirishi mumkin

    Sport | 1 iyun, 15:13
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.