2019-yilning 22—28-iyul kunlari Buxoro shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Turkmaniston o‘rtasidagi Davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston Hukumatlararo qo‘shma komissiyasi ishchi guruhlarining navbatdagi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.
Tadbirda Davlat chegarasining ayrim uchastkalarida demarkatsiya chizig‘ini o‘tkazish bo‘yicha takliflar ko‘rib chiqildi hamda keyingi uchrashuvlarda mazkur masala bo‘yicha qaror variantlarini taqdim etishga kelishildi.
Muzokaralar yuqori darajada tashkillashtirildi hamda do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tdi.
Uchrashuv so‘nggida delegatsiyalar rahbarlari To‘lqin Abdullayev va Mamed Mamedov yakuniy Bayonnomani imzoladi.
Izoh (0)