Liviyaning Al-Jufra aeroportida Ukraina aviakompaniyasiga tegishli bo‘lgan 2 ta Il-76TD samolyotlari yo‘q qilindi, samolyotlardan birining ekipaji ham qurbon bo‘lgan.
Ushbu samolyotlar hukumat qo‘shinlarining hujumi natijasida yo‘q qilingan. Ma’lumotlar aero-foto suratlar bilan tasdiqlangan. Al-Jufra aeroporti ayni paytda muxolifat kuchlari qo‘lida ushlab turilmoqda.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Ukrainaning “Yevropa eyr” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan ushbu ikki samolyot muxolifat kuchlariga qurol-yarog‘ yetkazib berayotgan bo‘lgan.
Ukraina davlat aviatsiya xizmati hozirda 5 ta yuk samolyotidan foydalanib kelayotgan ushbu kompaniya litsenziyasini to‘xtatib qo‘ygani bildirilmoqda.
Izoh (0)