27-iyul, shanba kuni futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 14-turi doirasida 4 ta bellashuv yakunlandi.
Ro‘ziqul Berdiyev qo‘l ostidagi Qarshining “Nasaf” klubi Termizda “Surxon” bilan bahsga kirishdi.
Bellashuvning 1-daqiqasida Qarshi klubi vakili G‘olib G‘aybullayev hisobni ochgan bo‘lsa, 60-daqiqaga kelib Humoyun Murtazoyev hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi. 85-daqiqasiga kelib esa “Surxon” hujumchisi Abdulaziz Yusupov hisobni qisqartirdi (2:1). Oradan 4 daqiqa o‘tib qarshiliklar yarim himoyachisi Doniyor Narzullayev ham o‘z hisobiga bitta gol yozdirib qo‘ydi.
Shu tariqa “Nasaf” mehmonda kechgan bahsda “Surxon” ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi (3:1).
Mazkur g‘alabadan so‘ng “Nasaf” ochkolari sonini 24 taga yetkazib oldi va musobaqa jadvalida kuchli uchtalikka kirdi. “Surxon” esa 21 ochko bilan 6-pog‘onani band qilib turibdi.
Vadim Abramov boshliq Toshkentning “Bunyodkor” klubi Samarqandning “Dinamo” jamoasi maydoniga safar qildi.
Uchrashuv davomida “qaldirg‘ochlar” vakillari Mirjahon Mirahmadov (26, 56) hamda Xurshid G‘iyosov (40, 45, penalti) 2 tadan golga mualliflik qilgan bo‘lsa, samarqandliklardan Ixtiyor Toshpo‘latov dublga erishdi (43, 76).
O‘yin yakuniga ko‘ra, “Bunyodkor” “Dinamo”ni 4:2 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi va 3 ochkoga ega bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, “Bunyodkor” 24 ochko bilan musobaqa jadvalida 4-o‘rinda bormoqda, 18 ochko to‘plagan “Dinamo” esa 8-pog‘onani egallagan.
Shu kuni “Buxoro” jamoasi “Andijon” mehmoni bo‘ldi.
To‘qnashuvning 76-daqiqasida “Andijon” yarim himoyachisi Oybek Qilichev hisobni ochgan bo‘lsa, 90-daqiqaga kelib Farhod Bekmurodov ham o‘z moniga bitta gol rasmiylashtirib qo‘ydi.
Shu tariqa “Andijon” o‘z uyida “Buxoro” darvozasiga javobsiz 21 ta gol urdi (2:0).
Ushbu g‘alabadan so‘ng “Andijon” 12 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalida 12-o‘rinni egalladi. Undan keyingi pog‘onada borayotgan “Buxoro” hisobida 10 ochko mavjud.
Mirjalol Qosimov boshqaruvidagi Olmaliqning OKMK klubi safarda Bekobodning “Metallurg” jamoasiga qarshi m aydonga tushdi.
Bahsda Bekobod klubi a‘zolari Shavkat Mullajonov (31) hamda Bahodir Pardayev (77, penalti) gol urgan bo‘lsa, olmaliqliklardan Zafar Polvonov 66-daqiqada raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Natijada OKMK safarda “Metallurg”ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi
Ayni damda “Mettalurg” 17 ochko to‘plab, 9-o‘rinda borayotgan bo‘lsa, 11-o‘rinni egallab turgan OKMK hisobida esa 12 ochko mavjud.
14-turdan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
Coca-Cola Superligasi
14-tur bahslari
27-iyul, shanba kuni
“Surxon”—“Nasaf” 1:3
Gollar: 0:1 — 1 G‘olib G‘aybullayev, 0:2 — 60 Humoyun Murtazoyev, 1:2 — 85 Abdulaziz Yusupov, 1:3 — 89 Doniyor Narzullayev“Dinamo”—“Bunyodkor” 2:4
Gollar: 0:1 — 26 Mirjahon Mirahmadov, 0:2 — 40 Xurshid G‘iyosov, 1:2 — 43 Ixtiyor Toshpo‘latov, 1:3 — 45, penalti, Xurshid G‘iyosov, 1:4 — 56 Mirjahon Mirahmadov, 2:4 — 76 Ixtiyor Toshpo‘latov“Andijon”—“Buxoro” 2:0
Gollar: 1:0 — 76 Oybek Qilichev, 2:0 — 90 Farhod Bekmurodov“Metallurg”—OKMK 2:1
Gollar: 1:0 — 31 Shavkat Mullajonov, 1:1 — 66 Zafar Polvonov, 2:1 — 77, penalti, Bahodir PardayevYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)